Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

“UzAirPlus” dasturi hamkorlari uchun ishtirok etish qoidalari va shartlari

Ulashing

Mijozlarga o‘z tijorat mahsulotlarini (xizmatlari yoki mahsulotlarini) taqdim etadigan  /sotadigan, “UzAirPlus” dasturining imkoniyatlaridan birgalikda foydalanish to‘g‘risida aviakompaniya bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxs (tashkilot yoki korxona) – “UzAirPlus” dasturining hamkori bo‘lishi mumkin. Ushbu dastur hamkoriga bir vaqtning o‘zida “UzAirPlus” dasturining ishtirokchisi bo‘lgan mijozlariga dastur ishtirokchilarining shaxsiy hisoblarida hisobga olinadigan sovrinli ballarini to‘plash imkonini beradi.

Hamkorlarning “UzAirPlus” dasturida ishtirok etishi “Uzbekistan airways” AJ bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi, unga muvofiq hamkor “UzAirPlus” shaxsiy dasturida ishtirok etadigan mijozlarga sovrinli ballarni hisob raqamlariga o‘tkazadi, ularning miqdori hamkordan xarid etilgan mahsulotlar va xizmatlar miqdori va turlariga bog‘liq bo‘ladi. So‘ngra, hisobot davri oxirida mijozlar tomonidan to‘plangan ballar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ishtirokchilarning shaxsiy hisobiga sovrinli ballarini kiritish uchun “UzAirPlus” Xizmatiga uzatadi.

Mahsulotlar va xizmatlar xarid qilinganligi uchun hisoblanadigan ballar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamkorlar tomonidan dastur ishtirokchilariga o‘zlariga tegishli xizmat ko‘rsatish ofislari yoki veb-saytlari orqali taqdim etiladi. Hamkordan sotib olingan mahsulotlar va xizmatlar uchun hisoblanadigan sovrinli ballarni to‘plash shartlari, hamkor tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq belgilanadi. 

Hamkorlar dastur ishtirokchisiga faqat hamkorlik dasturiga qo‘shilganidan keyin ishtirokchi tomonidan sotib olingan mahsulotlar va xizmatlar uchun ballar beradi.

Hamkorning ishtirokchilariga sovrinli ballarini hisoblash shartlari, AJ hamkorining qoidalariga muvofiq belgilanadi.

Har bir hamkorlik dasturida foydalaniladigan sovrinli ballarning qiymati shartnoma asosida - bir ball uchun 0,01 yevrodan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Shaxsiy dastur ishtirokchilariga hisobot davrida to‘plangan sovrinli ballarining umumiy qiymati shartnomaga muvofiq, o‘zaro hisob-kitoblar uchun belgilangan muddatlarda hamkor tomonidan AJning joriy hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Agar dastur ishtirokchisi tomonidan hamkordan sotib olingan mahsulotlar / xizmatlar uchun ballar kelishilgan muddatda uning shaxsiy hisobiga o‘tkazilmaganligi aniqlansa, u holda ishtirokchi dasturning shaxsiy hisobidagi ballarni aniqlash va tiklash uchun dastur hamkoriga  murojaat qilishi kerak.

Dastur hamkori ishtirokchilarining shaxsiy hisoblariga kiritilgan sovrinli ballarining amal qilish muddati ro‘yxatga kiritilgan kundan boshlab 36 oyni tashkil qiladi.