Uzbekistan Airways bosh ofisida aviakompaniya rahbariyati, mehnat faxriylari va xodimlari ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 2024-yil aviakompaniya uchun yangi marralarga erishish, qator yangi yo‘nalishlarni ochish, aviaflotni yangi havo kemalari bilan to‘ldirish va uchuvchilar, bortkuzatuvchilar va barcha xodimlarning malakasini oshirish yili bo‘lgani ta’kidlandi.

Aviakompaniyaning 33 yilligi munosabati bilan "Uzbekistan Airways" AJ Boshqaruv raisi Shuxrat Xudaykulov yil davomida tashabbus ko‘rsatgan, o‘z ishiga vijdonan yondashgan bir qator xodimlarni taqdirladi. Ishtirokchilarga faxriy yorliq va tashakkurnomalar topshirildi.

Taqdirlanganlar, o‘z navbatida, milliy aviakompaniya har kuni dunyo bo‘ylab o‘nlab aviaqatnovlarni amalga oshirayotgani va bu yutuq jamoadagi har bir xodimning mehnati natijasi ekanini faxr bilan ta’kidladilar.

