Toshkent davlat transport universitetida talabalarning O‘zbekistonning yetakchi transport tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi nomidan Boshqaruv raisining transformatsiya, moliya va raqamlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Alisher Sattarov so‘zga chiqdi.
Tadbir talabalarning transport sohasidagi eng yirik korxonalar faoliyati to‘g‘risidagi bilimlarini oshirish, shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, texnik va texnologik islohotlar to‘g‘risidagi tushunchalarini kengaytirishga qaratilgan.

"Bugungi tadbirdagi hamkasblarimiz bilanvazifamiz – sizlarda aviatsiyaga qiziqish uyg‘otish. Bu sohaga bir marta tushib qolsangiz, endi unga befarq qarab tura olmaysiz. Ha, mehnat bozorida raqobat kuchli, lekin sizning asosiy ustunligingiz – bu o‘qituvchilaringiz tomonidan asos solingan aviatsiya sohasidagi mustahkam bilimlar bazasi. Bu poydevordan foydalaning, oldinga harakat qilishdan va o‘zingiz ustingizda mehnat qilishdan qo‘rqmang. Hammasi sizning harakatlaringizga bog‘liq. Sizlarga o‘z kasbingizning professionallari bo‘lishingizni chin dildan tilayman," – deya talabalarga murojaat qildi Uzbekistan Airways Boshqaruv raisining transformatsiya, moliya varaqamlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Alisher Sattarov.

Tadbirda "O‘zaeronavigatsiya" DUK direktori Doniyor Jumayev, "Uzbekistan Airports" AJ Boshqaruvi raisi Javlonbek Umarxodjayev, Havo transporti boshqarmasi boshlig‘i Jamoliddin Nazarov va Parvozlar xavfsizligini nazoratqilish boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Nabiyev ham ishtirok etdi.

Uchrashuv talabalarga sohani rivojlantirishning dolzarb tendensiyalari va istiqbollaribilan yaqindan tanishish, shuningdek, kasbiy o‘sish va karyera imkoniyatlari masalalarini muhokama qilish imkonini berdi.