Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Aviakompaniya faoliyati to'g'risidagi hisobot

Ulashing

Bu yil Uzbekistan Airways asos solinganining 32-yilligini nishonladi. Shu yillar mobaynida Uzbekistan Airways o'zini ishonchli va xavfsiz aviataşuvchi sifatida tanitdi va xalqaro bozorda o'z o'rnini mustahkamladi. Fuqarolik aviatsiyasining faol rivojlanishi, malakali boshqaruv va xodimlarning yuqori darajadagi tayyorgarligi kompaniyamizning ijobiy imidjini shakllantirishga ta'sir qildi.

Bugun Uzbekistan Airways – Markaziy Osiyodagi yirik aviakompaniyalardan biri bo'lib, dinamik ravishda rivojlanayotgan marshrut tarmog'i va samolyot parkiga ega va xizmatlar hamda mahsulotlar sifatini doimiy ravishda yaxshilash ustida ishlamoqda. Har yili biz yo'lovchilarning ishonchini qozonishda davom etamiz, bu esa ortib borayotgan yo'lovchi oqimi bilan tasdiqlanadi: 2020 - 2021 yillar davomida, pandemiya og'ir davrida, kompaniya 3 milliondan ortiq yo'lovchini tashigan, 2022 yilda esa 4,2 million yo'lovchi tashilgan, va 2023 yilda biz rekord darajadagi 5 million yo'lovchini tashidik.

Hozirgi vaqtda Uzbekistan Airways guruhi 39 ta havo kemalariga ega, ulardan zamonaviy g'arbiy ishlab chiqarilgan laynerlar dunyodagi eng yirik aviatsiya ishlab chiqaruvchilari - Boeing va Airbus tomonidan taqdim etilgan. O'tgan 2023 yilda kompaniya Airbus A320neo rusumidagi besh samolyot va ikkita Let L-410, shuningdek, besh ATR-72 rusumidagi havo kemalarini Silk Avia kompaniyasining tarkibiga qo'shdi. Kelgusi 3-5 yil ichida 20 dan ortiq yangi havo kemalarini samolyot parkiga kiritish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, yaqin yillarda Silk Avia aviakompaniyasining samolyot parkini to'ldirish ko'rib chiqilmoqda.

Uzbekistan Airways aviataşhuvlar bozorining chuqur tahlili va ishni tashkil etishning oqilona yondashuvi bilan parvozlarning geografiyasini faol kengaytirib, har yili yangi yo'nalishlarni ochmoqda. Hozirgi kunda biz dunyo bo'ylab 75 dan ortiq yo'nalishlarda parvozlar amalga oshiramiz, 28 ta xorijiy mamlakatlarda vakolatxonalarimiz mavjud, boshqa dunyoviy aviakompaniyalar bilan Interline va Code-share kelishuvlari sohasida hamkorlik qilamiz. 2023 yilda Uzbekistan Airways Toshkentdan Pekin, Jakarta, Urumchi, Bangkok va Phuketga parvozlarni qayta tikladi. Shuningdek, Toshkentdan Myunxen Ankara, Grozniy, Blagoveshchensk, Xabarovskka yangi muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Natijada, 2023 yilda amalga oshirilgan aviaqatnovlar soni 32 mingdan ortdi. 2024 yilning birinchi yarmida Rim, Mumbay, Batumi yo'nalishlarida aviaqatnovlar tiklanishi hamda Nyachangga yangi muntazam yo'nalish ochilishi kutilmoqda.

Ichki turizmni rivojlantirish va respublikamiz fuqarolari uchun sharoitlar yaratish maqsadida, Silk Avia aviakompaniyasining tarmog'ini rivojlantirish hisobiga respublika ichidagi barcha yo'nalishlar bo'yicha aviaqatnovlar soni oshiriladi. Bundan tashqari, o'nlab yillar oldin faoliyatini to'xtatgan aeroportlar asta-sekin ishga tushirilmoqda. 2023 yilda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Jizzax viloyatidagi Zomin aeroporti qurilish loyihasi amalga oshirildi. Joriy yilning 22 martida Qo‘qon aeroporti tantanali ravishda ochildi. Zomin va Qo‘qonga yo'lovchi aviaqatnovlari har kuni L-410 havo kemalarida amalga oshiriladi. Shuningdek, Nukus-Mo'ynoq-Nukus yo'nalishi bo'yicha yangi muntazam yo'lovchi aviaqatnovlar joriy etilmoqda.

Marshrut tarmog'ini rivojlantirish, parvoz sharoitlarini yanada qulay qilish hamda yo'lovchilarimizga arzon xizmatlar va mahsulotlar taqdim etish – kelgusi yillarda aviakompaniyamiz uchun asosiy vazifalardan biri. Oldinda ko'plab ishlar turibdi, ammo jamoamizning yuqori professional darajasi va birdamliig tufayli biz barcha rejalashtirilgan loyihalarni amalga oshirishga va mintaqadagi yetakchiligimizni tasdiqlashga ishonamiz.