“Business” korporativ dasturida ishtirok etish qoidalari va shartlari
Yuridik shaxs (tashkilot yoki korxona) “Business” korporativ dasturining ishtirokchisi bo‘lishi mumkin.
“Business” korporativ dasturining ishtirokchisi bo‘lish uchun “UzAirPlus” Xizmatiga ariza topshirish, xodimlardan birini korporativ hisob menejeri etib tayinlash va korporativ hisobda ballar to‘plash uchun ishtirok etadigan xodimlar ro‘yxatini taqdim etish kerak.
“Business” korporativ dasturi xodimlari ro‘yxatiga faqat 16-yoshga to‘lgan va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga (pasport, ID karta va boshqalar) ega bo‘lgan shaxslar kiritilishi mumkin.
“Business” korporativ dasturi xodimlarining ro‘yxati yuridik shaxsning firma blankalarida taqdim etilishi, rahbarning muhri va imzosi bilan tasdiqlanishi zarur. Ro‘yxatga xodimlarning pasportlari/ID kartalarining nusxalari ilova qilinishi kerak. “Business” korporativ dasturida xodimlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish uchun bir martadan ko‘p bo‘lmagan holda, har 6 oyda ruxsat etiladi, o‘zgarishlar yozma shaklda va firma blankida rasmiylashtiriladi va ishtirokchi tashkilotning muhri va rahbarning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Korporativ hisob menejerining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
- Dasturda o‘z tashkilotining korporativ hisobini kuzatib borish;
- ballarni hisoblash va hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlashtirish uchun “UzAirPlus” Xizmati bilan hamkorlik qilish;
- korporativ dasturda ballar to‘plash uchun ishtirok etuvchi xodimlarning pasport ma’lumotlarining o‘zgarishi to‘g‘risida xabar berish;
- tashkilot xodimlari ishdan bo‘shagan holatlarda, korporativ dasturdan ishtirokchini chetlatish to‘g‘risida xat taqdim etish.
“Business” korporativ dasturida ishtirok etuvchi xodimlarning, shu jumladan tashkilot menejerining parvozlar bo‘yicha to‘plangan ballari ham korporativ hisob raqamiga o‘tkaziladi. Sovrinli ballar quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Sovrinli ballar = tarif EUR*10 / (1+0.03 * N),
Bu yerda:
Sovrinli ballar – korporativ hisobga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan sovrinli ballar miqdori.
Tarif yevro – yevroda e’lon qilingan tarif summasi;
N – ishtirokchi-tashkilot ro‘yxatidagi xodimlar soni.
Masalan: taqdim etilgan ro‘yxat bo‘yicha ishtirok etadigan xodimlar soni 25-tani tashkil etadi. Yo‘nalish tarifi 500 yevrodan iborat.
Hisoblash: 500*10/(1+0,03*25)=2857 sovrinli ballar.
“Business” dasturi ishtirokchilarini mukofotlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- mukofotli aviachipta taqdim etish;
- xizmat ko‘rsatish klassini mukofot tariqasida oshirish.
“Business” dasturida ishtirok etuvchi tashkilot uchun tegishli EMD rasmiylashtirilgan holda, qo‘shimcha imtiyozlar tariqasida to‘plangan va/yoki yig‘ilgan sovrinli ballar hisobidan bepul bagaj tashish me’yorlari uchun haq to‘lash imkoni taqdim etiladi.
Korporativ hisob statusli darajalarga ega emas.
Mukofotli aviachiptalar yoki mukofotli xizmatlarni oshirish faqat tashkilot xodimlari ro‘yxatida ko‘rsatilgan “Business” dasturining ishtirokchisi bo‘lgan tashkilot xodimining nomiga rasmiylashtirilishi mumkin. Ishtirokchi-tashkilotning mukofot aviachiptasini rasmiylashtirish uchun “UzAirPlus” Xizmatiga tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhrlangan, mukofotli aviachiptalari rasmiylashtiriladigan xodim(lar)ning ism-sharifi ko‘rsatilgan holda, tashkilotga tegishli firma blankasida yozma ravishdagi ariza taqdim etiladi.
Korporativ hisobda to‘plangan sovrinli ballar qatnovda parvoz amalga oshirilgan vaqtdan boshlab 36 oy davomida haqiqiy hisoblanadi.