Yo‘lovchi va bagajlarni tashish yuzasidan aviakompaniyaga nisbatan sudga da’vo taqdim etishdan oldin, dastlab unga nisbatan sudgacha e’tiroz bildirilishi shart, yo‘lovchining hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetishi bilan bog‘liq hollar bundan mustasno.
E’tiroz bildirish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
- aviakompaniya tomonidan tashish shartnomasi buzilishi natijasida yo‘lovchiga yetkazilgan zarar/ziyon;
- belgilangan manzilga bagajni yetkazib berishda kechiktirish;
- tashuvchining javobgarligi ostida bo‘lgan bagaj va/yoki uning tarkibiga zarar yetkazilishi;
- bagaj tarkibining qisman yo‘qolishi (kamomad);
- berish vaqtida bagajni almashtirib qo‘yish;
- bagajni yo‘qotish.
Yo‘lovchi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda u vakolat bergan jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan yo‘lovchilar va bagajni havo kemasi orqali tashish to‘g‘risida shartnoma tuzilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni, havo kemasi orqali tashish shartnomasini buzganlik hamda hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda tashuvchiga e’tiroz va da’volar bildirish huquqiga ega.
Taqdim etilgan shikoyat yoki da’vo arizalari faqat arizachi yoki uning qonuniy vakili tomonidan shaxsan imzolanishi kerak.
Da’vo arizasi ko‘rib chiqilmaydi, agar:
a) shikoyat va e’tirozlar anonim bo‘lsa;
b) shikoyat yoki da’vo o‘z vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan bo‘lsa.
Bagajni tashish qoidalari buzilgan taqdirda da’vo ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, birinchi yoki oxirgi tashuvchiga jo‘nab ketish manzilida yoki stop-over to‘xtash joylarida berilishi mumkin;
Bagajlarni tashish shartnomalarini buzish bo‘yicha da’volar quyidagi muddatlarda taqdim etilishi mumkin:
- olingan bagaj shikastlangan yoki unda kamomad aniqlangan taqdirda - bagaj qabul qilingan kundan boshlab 7 kundan kechiktirmay;
- bagajni yetkazib berishda kechikishlar bo‘lgan taqdirda - oluvchining ixtiyoriga qarab, bagajni topshirish kunidan boshlab 21 kundan kechikmay. Shu bilan birga, kechiktirilgan bagaj belgilangan manzilga yetib borishi kerak bo‘lgan kundan keyingi kundan boshlab 21 kun ichida qidiruv vaqtida topilmagan holatda, yo‘qolgan hisoblanadi;
- bagaj yo‘qolganda – havo kemasining belgilangan manzilga yetib kelgan kundan yoki tashish tugagan kundan boshlab 2 (ikki) yil davomida.
Agar yo‘lovchi belgilangan muddatni buzgan holda da’vo arizasini taqdim etsa, e’tiroz bildiruvchining da’vo berish muddatining buzilganligi sabablari aviakompaniya tomonidan asosli deb topilsa, da’vo ko‘rib chiqish uchun qabul qilinishi mumkin.
Yo‘lovchi o‘z sog‘lig‘i yoki bagajiga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risida tashuvchiga nisbatan sudga da’vo bilan murojaat qilishi mumkin, agar:
- uning da’vosi bo‘yicha tashuvchi tomonidan qabul qilingan qaror uni qanoatlantirmasa;
- tashuvchi yoki uning vakolatli agenti tomonidan noto‘g‘ri ma’lumot berganligi natijasida yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi da’voni belgilangan muddatlarda taqdim etmaganligi isbotlansa.
DA’VO TAQDIM ETISH TARTIBI
1. Yo‘lovchining bagajga zarar yetkazilganligi aniqlansa, yo‘lovchi o‘z bagajiga yetkazilgan zarar haqida aviakompaniya vakilini yoki aviakompaniyaning vakolatli yerdagi agentini og‘zaki ravishda xabardor qilishi shart. Tashuvchi yoki uning yerdagi agenti ushbu arizaning to‘g‘riligini tekshirishi va standart shakldagi blankda qo‘lda yoki avtomatlashtirilgan bagajlarni qidirish tizimidan foydalangan holda bagajni tashishda nosozlik ro‘y bergani to‘g‘risida Dalolatnoma (PIR) tuzishi kerak. Agar bagajga yetkazilgan zarar tashuvchining o‘zi, uning vakili yoki vakolatli agenti tomonidan aniqlansa, yo‘lovchi aniqlangan zarar to‘g‘risida ariza bergan yoki bermaganidan qat’iy nazar, PIR Dalolatnomasi darhol rasmiylashtirilishi kerak. Bagajni tashishni buzish to‘g‘risidagi Dalolatnomaning (PIR) mavjud emasligi, yo‘lovchini e’tiroz yoki da’vo bildirish huquqidan mahrum qilmaydi. Da’voga ilova qilingan hujjatlar to‘plamida bunday Dalolatnomaning mavjudligi yetkazilgan zarar tan olinishini anglatmaydi.
2. Uchib kelish yoki jo‘nab ketish aeroportida yo‘lovchi da’vo arizasi bilan murojaat qilganda, ko‘p holatlarda Tashuvchiga da’vo arizasini ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni taqdim etish, shuningdek, yetkazilgan zarar miqdorini aniq hisoblash imkoniyatiga ega emasligi sababli, yo‘lovchiga uni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar to‘planganidan so‘ng, shuningdek, zarar miqdorini yakuniy hisoblab chiqqanidan keyin da’vo arizasini yuborish tavsiya etilishi kerak.
3. Har bir chipta uchun da’vo arizasi alohida taqdim etiladi. Agar sayohatchilar yaqin qarindoshlik darajasidagi oilaning a’zolari (er-xotin, ota-onalar, bolalar) bo‘lsa, u holda bir nechta hisob hujjatlari bo‘yicha bitta da’vo arizasi berilishi mumkin.
4. Telefon orqali qabul qilingan, og‘zaki yoki rasmiy veb-saytda mantiqsiz holda xabar shaklida qoldirilgan yo‘lovchilarning da’volari da’vo arizasiga belgilangan talablarga rioya qilgan holda taqdim etilgan deb hisoblanmaydi.
5. Da’volar taqdim etilganda, qonunchilik va aviakompaniya qoidalarida belgilangan da’vo taqdim etish muddatlariga rioya qilish kerak.
6. Da’voda uni taqdim etish sabablari tavsifi, yetkazilgan zarar, yo‘qolgan yoki shikastlangan bagaj tarkibining ro‘yxati bo‘lishi kerak. Yetkazilgan zarar miqdori manfaatdor shaxs tomonidan isbotlanishi va ariza beruvchi da’voga zararni qoplashni talab qilish huquqini tasdiqlovchi barcha zarur hujjatlarni ilova qilishi kerak.
7. Agar da’vo bildiruvchi qoidalarda talab qilinadigan hujjatlarni taqdim etsa va da’vo o‘z vaqtida taqdim etilgan bo‘lsa, lekin uni ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha hujjatlar zarur bo‘lsa, da’vo xizmati bunday da’voni ko‘rib chiqish uchun qabul qilishi va da’vogardan bunday qo‘shimcha hujjatlarni talab qilishi shart. Bunday qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilmaganligi, da’voni ko‘rib chiqishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
8. Da’vo standart shakldagi yozma ariza shaklida taqdim etilishi va pochta orqali quyidagi manzilga: Uzbekistan, Tashkent, 41, Amir Temur Avenue, GSP – 100060 yoki aviakompaniyaning eng yaqin xorijiy vakolatxonasi manziliga yuborilishi mumkin.
9. Da’vo arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
- da’vo arizasi bergan shaxsning familiyasi, ismi, uning to‘liq va aniq pochta manzili (pochta indeksi ko‘rsatilgan holda), aloqa telefonlari, elektron pochta manzili yoki da’vo bildirgan yo‘lovchi nomidan muassasa, korxona, tashkilotning yuridik shaxsining nomi va pochta manzili (pochta indeksi ko‘rsatilgan holda);
- Da’vo qilish uchun asos bo‘lgan holatlar;
- Da’vo bildiruvchining aviakompaniyaga bo‘lgan talablari, da’vo uchun to‘lov miqdori va uning asosli hisob-kitobi;
- To‘lovlarni qaytarish uchun bank hisobining to‘liq va aniq rekvizitlari (bank rekvizitlari va yo‘lovchining hisob raqami).
10. Yo‘lovchi tashish qoidalarini buzish to‘g‘risidagi da’voga predmetiga qarab quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
- foydalanilmagan tashish narxini qaytarishni talab qilganda - foydalanilmagan parvoz kuponlari bilan aviachipta raqamlari / tashish rad etilgani to‘g‘risidagi yozuvli yo‘nalish kvitansiyasi;
- dastlab to‘langan tashish va xizmat ko‘rsatish klassi pasaytirilgan holda taqdim etilgan tashish narxidagi farqni qoplashni talab qilganda - aviachipta raqami/marshrut kvitansiyasi, bortga chiqish talonining asl nusxasi (mavjud bo‘lsa);
- yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisida daʼvo bildirilganda - haqiqiy yoʻnalishning aviachipta raqamlari/bortga chiqish talonlari, cheklar, toʻlov kvitansiyalari, haqiqatda mulkiy zarar yetkazilganini tasdiqlovchi boshqa toʻlov hujjatlari;
- agar daʼvo turistik yo‘llanmadan foydalanilmagan ta’til vaqtini qoplash bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda yetkazilgan zararni tasdiqlovchi hujjatlar daʼvoga ilova qilinishi kerak: tur narxini ko‘rsatilgan shartnoma/vaucher, tur uchun to‘lovni tasdiqlovchi hujjatlar, mehmonxonada bir kunlik yashash narxi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
- daʼvoda ko‘rsatilgan summa o‘tkazilishi uchun zarur bo‘lgan shaxsiy joriy hisob raqami bo‘yicha bank rekvizitlari.
11. Bagaj tashish qoidalarini buzish to‘g‘risidagi da’voga predmetiga qarab quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
- yo‘lovchining elektron chiptasi raqamlari / chop etilgan yo‘nalish kvitansiyasi, reys raqamlari va parvoz sanasi. Yo‘lovchiga qog‘oz chiptani rasmiylashtirishda - uning parvoz/yo‘lovchi kuponlarining asl nusxalari;
- yo‘lovchining familiyasi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
- raqamli identifikatsiya bagaj taloni (Claim Tag);
- me’yordan ortiq bagaj yoki tashish bilan bog‘liq qo‘shimcha xizmatlarni to‘lash uchun rasmiylashtirilgan EMD kvitansiyasining raqami/bosma nusxasi (agar rasmiylashtirilgan bo‘lsa);
- bagajni tashishda nosozlik aniqlanganda darhol tashuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi agent tomonidan yo‘lovchi uchun rasmiylashtirilgan bagajni tashishda sodir bo‘lgan nosozlik to‘g‘risidagi dalolatnoma (PIR);
- yo‘lovchiga yetkazilgan zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (cheklar, kvitansiyalar va yetkazilgan zararni to‘lash uchun taqdim etilgan boshqa hujjatlar majburiy ravishda ilova qilinishi kerak). Yetkazilgan zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, internetdagi manbalardan (onlayn-do‘konlardan, shunga muqobil tovarlarni ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarning veb-saytlaridan) olingan shunga muqobil mahsulotlarning narxi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanish mumkin. Shu bilan birga, asl hujjatlar va ularning nusxalarini taqdim etishning imkoni mavjud emasligi da’vo materiallarida tasdiqlanishi yoki nazarda tutilishi kerak.
- daʼvoda ko‘rsatilgan summa o‘tkazilishi uchun zarur bo‘lgan shaxsiy joriy hisob raqami bo‘yicha bank rekvizitlari.
Bagajni tashish qoidalarini buzganlik to‘g‘risidagi da’voning xususiyatiga qarab, zarur tasdiqlovchi hujjatlar to‘plami quyidagilarni tashkil etadi:
Bagaj shikastlanganda:
- bagaj tashishda nosozliklar to‘g‘risidagi dalolatnoma (PIR);
- bagaj yorlig‘i;
- shikastlangan bagajning qiymatini tasdiqlovchi cheklar. Cheklar bo‘lmagan taqdirda, shikastlangan bagajning fotosurati taqdim etilishi, markasi, artikuli, sotib olingan yili haqida ma’lumotlar berish mumkin;
- ta’mirlash uchun chek (agar bagaj sumkasi ta’mirlanishi kerak bo‘lsa) yoki ta’mirlashning imkoni mavjud emasligi to‘g‘risida xulosa. Chek bo‘lmagan holatlarda, bagaj idishining narxi shunga o‘xshash mahsulotning o‘rtacha narxidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Bagaj yo‘qolganda:
- elektron chipta raqami/ yo‘lovchining qog‘oz chiptasi kuponlari;
- yo‘lovchi pasportining nusxasi, bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining nusxasi / bola pasportining nusxasi;
- bagaj yorlig‘idan uzib olinadigan talon (Claim tag);
- bagaj tashishda nosozliklar to‘g‘risidagi dalolatnoma (PIR);
- yo‘qolgan narsalar ro‘yxati va ularning qiymatini ko‘rsatish;
- yetkazilgan zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (cheklar, kvitansiyalar).
Bagaj tarkibida yetishmovchilik aniqlansa:
- elektron chipta raqami/ yo‘lovchining qog‘oz chiptasi kuponlari;
- yo‘lovchi pasportining nusxasi, bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining nusxasi / bola pasportining nusxasi;
- bagaj yorlig‘idan uzib olinadigan talon (Claim tag);
- bagaj tashishda nosozliklar to‘g‘risidagi dalolatnoma (PIR);
- a list of lost items and an indication of their value.
- yetkazilgan zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (cheklar, kvitansiyalar).
In case of delayed baggage delivery:
- elektron chipta raqami/ yo‘lovchining qog‘oz chiptasi kuponlari;
- yo‘lovchi pasportining nusxasi, bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining nusxasi / bola pasportining nusxasi;
- bagaj yorlig‘idan uzib olinadigan talon (Claim tag);
- bagaj tashishda nosozliklar to‘g‘risidagi dalolatnoma (PIR);
- bagajni olish sanasi va vaqtini tasdiqlovchi hujjat;
- yo‘lovchining bagajni olmaganligi bilan bog‘liq xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (zarur kiyim-kechak va poyabzal, gigiena vositalari hamda boshqalarni sotib olish uchun bagaj bo‘lmagan davrda qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi cheklar, kvitansiyalar);
- agar bagaj yo‘lovchiga ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha yetkazib berilmagan holatlarda, yo‘lovchining bagajni olishi bilan bog‘liq xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (aeroportga yetib borish xarajatlari, shaharlararo qo‘ng‘iroqlar va boshqalar).