Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Individual dastur ishtirokchisining statusi, mukofotlari va imtiyozlari

Ulashing
  • “UzAirPlus” individual dasturida ishtirok etgan, ma’lum miqdordagi sovrinli ballarni to‘plagan va/yoki dasturda muayyan statusga erishgan yo‘lovchilarni mukofotlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
  •  xizmat ko‘rsatish klassini mukofot tariqasida oshirish;
  •  mukofot aviachiptasini berish;
  • “Silver” va  “Gold” ishtirokchilari uchun bepul bagaj tashish me’yorlarini oshirish;
  • “Gold” statusiga ega bo‘lgan yo‘lovchilarga, agar aeroportda bunday zallar mavjud bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi aeroportlariga kelish/ketish uchun CIP/ Business Lounge zallarida bepul xizmat ko‘rsatish.

Bundan tashqari, individual ishtirokchilarga quyidagi qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etiladi:

  • ishtirokchi tomonidan to‘plangan va/yoki sotib olingan sovrinli ballar bilan qo‘shimcha bagaj tashish me’yori uchun haq to‘lash;
  • kutish ro‘yxatida bronni tasdiqlash uchun ustuvorlik (“Gold” statusiga ega bo‘lgan yo‘lovchilar uchun);
  • tizimda uzilish holatlarida xizmat ko‘rsatishda ustuvorlik.

“UzAirPlus” dasturi individual ishtirokchilar uchun bir necha daraja/statuslarni taklif etadi:

  • PREMIUM – boshlang‘ich daraja;
  • SILVER – imtiyozli status;
  • GOLD – imtiyozli status;

“Silver” statusini olish uchun ishtirokchi joriy kalendar yilining 12 oyi davomida 50000 status ballarini to‘plashi kerak. Status ballari har yili 10 yanvar kuni soat 23:59 da qayta hisoblab chiqiladi va nolga tenglashtiriladi. Agar “Silver” darajasini olish uchun zarur bo‘lgan status ballarining soni 12 oydan kamroq vaqt ichida to‘plangan bo‘lsa, u holda status ballarining soni imtiyozli statusga ega bo‘lish uchun zarur bo‘lgan ballar soniga yetgan oyda Ishtirokchi “Silver” statusiga ega bo‘ladi. Ishtirokchining birinchi marta olgan “Silver” statusining amal qilish muddati  50 000 ta ballar to‘plangan sanadan boshlanadi va joriy yil oxirigacha va joriy yildan keyingi butun yil davomida amal qiladi. “Silver” statusining boshqa egalari uchun har yili 10 yanvarda status ballari nolga tenglashtiriladi va status ballari to‘plami hisoblagichi qayta hisoblashni boshlaydi. Status ballarini nolga tenglashtirish mukofotli xizmatlarni olish uchun foydalaniladigan faol ballarga ta’sir qilmaydi.

“Gold” statusini olish uchun ishtirokchi joriy kalendar yilining 12 oyi davomida 75000 status ballarini to‘plashi kerak. Status ballari har yili 10 yanvar kuni soat 23:59 da qayta hisoblab chiqiladi va nolga tenglashtiriladi. Agar “Gold” darajasini olish uchun zarur bo‘lgan status ballarining soni 12 oydan kamroq vaqt ichida to‘plangan bo‘lsa, u holda status ballarining soni imtiyozli statusga ega bo‘lish uchun zarur bo‘lgan ballar soniga yetgan oyda Ishtirokchi “Gold” statusiga ega bo‘ladi. Ishtirokchining birinchi marta olgan “Gold” statusining amal qilish muddati 75 000 ta ballar to‘plangan sanadan boshlanadi va joriy yil oxirigacha va joriy yildan keyingi butun yil davomida amal qiladi. “Gold” statusining boshqa egalari uchun har yili 10 yanvarda status ballari nolga tenglashtiriladi va status ballari to‘plami hisoblagichi qayta hisoblashni boshlaydi. Status ballarini nolga tenglashtirish mukofotli xizmatlarni olish uchun foydalaniladigan faol ballarga ta’sir qilmaydi. 

Agar “Silver” yoki “Gold” status darajasining amal qilish muddatining oxirgi 12 oylari ichida ishtirokchi tomonidan tegishli imtiyozli darajani tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan status ballarining kerakli miqdori to‘planmasa, u holda ishtirokchining statusi avtomatik ravishda bir darajaga pasaytiriladi.

Tegishli imtiyozlarni rasmiylashtirish ishtirokchi tomonidan AJ saytida yoki unga tegishli ofislarda, filiallarda, AJ Vakolatxonalarida, O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida  tegishli statusga ega bo‘lgan amaldagi shaxsiy hisob raqamini taqdim etish sharti bilan amalga oshiriladi.

“SILVER” darajasi bo‘yicha qo‘shimcha bepul bagaj tashish me’yorlari quyidagilarni tashkil etadi:

Weight Concept - 15 kg;

Piece Concept – uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha hajmi 158 sm va og‘irligi 15 kg uchun   1 qo‘shimcha joy.

“GOLD” darajasi bo‘yicha qo‘shimcha bepul bagaj tashish me’yorlari quyidagilarni tashkil etadi:

Weight Concept - 20 kg;

Piece Concept – uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha hajmi 158 sm va og‘irligi 20 kg uchun 1 qo‘shimcha joy.

O‘zbekiston Respublikasi aeroportlaridan jo‘nash /aeroportlariga kelish vaqtida CIP va Business Lounge zallarida bepul xizmat ko‘rsatish sifatidagi imtiyozlar, yo‘lovchi tomonidan aviachipta va  tegishli imtiyozli darajadagi hisob raqamlari ko‘rsatilgan taqdirda taqdim etiladi. Ushbu xizmat AJ rasmiy saytida oldindan EMD rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.

Karta egalarining imtiyozlari

“SILVER”

“GOLD”

  1. Business Class shahobchasida ekonom klass  yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish

Ha

Ha

  1. Kutish ro‘yxatida bronni tasdiqlash uchun ustuvorlik  

Ha

Ha

  1. Qatnovga chiqishda ustuvorlik

Ha

Ha

  1. Tegishli shartnomalar mavjud bo‘lgan taqdirda va ishtirokchi Ishtirokchilik Kartasini taqdim etganidan so‘ng, yo‘lovchiga O‘zbekiston Respublikasi  aeroportlaridan ketish / aeroportlariga kelish vaqtida Business Lounge zalida xizmat ko‘rsatish.

Yo‘q

Ha

  1. Har qanday belgilangan bepul bagaj tashish me’yoriga mukofot tariqasida qo‘shimcha bagaj tashish.

Weight Concept - 23 kg; 

Piece Concept – uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha hajmi 158 sm va og‘irligi 23 kg uchun 1 qo‘shimcha joy.

Weight Concept - 32 kg;

Piece Concept – uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha hajmi 158 sm va og‘irligi 32 kg uchun 1 qo‘shimcha joy.

Bagaj tashish me’yoriga belgilangan qo‘shimcha imtiyozlar OW yo‘nalishi bo‘yicha ham va RT yo‘nalishlari bo‘yicha ham taqdim etiladi. Ushbu imtiyozlar oldindan EMD rasmiylashtirilgan holda va mukofot nomini ko‘rsatish orqali AJga tegishli ofislarda yoki AJning rasmiy veb-saytida rasmiylashtirilishi kerak. 

Agar sovrinli bagajlari qo‘shimcha tashuv me’yoridan, shuningdek bagaj o‘rni uchun belgilangan standart gabariti me’yorlardan oshsa, bunday bagaj me’yordan ortiq bagaj uchun belgilangan umumiy qoidalarga ko‘ra to‘lanadi:

- Weight Concept uchun – bagajning har bir ortiqcha kilogrammi umumiy qoidalarga muvofiq to‘lanadi (tashish uchun bagajni qabul qilishning ushbu usuli qo‘llaniladigan yo‘nalish uchastkasi uchun me’yordan ortiq bagajning bir kilogrammini tashish uchun standart stavka).

- Piece Concept uchun – “Bagaj tashish qoidalari” 2-qismi “Uzbekistan Airways” AJ qatnovlarida yo‘lovchi va bagaj aviatashuvining qoidalari”ning 2-jadvali 5.3-kichik band bilan belgilangan me’yordan ortiq bagaj to‘lovining umumiy qoidalari bo‘yicha to‘lanadi.

Bepul bagaj tashishning taqdim etilgan qo‘shimcha sovrin me’yori, erkin tashuv me’yoriga kirmaydigan jonivorlar, sport anjomlari, qurol-yarog‘, televizorlar kabi maxsus toifadagi bagajlarni tashish uchun qo‘llanilishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi aeroportlaridan jo‘nash /aeroportlariga kelish vaqtida CIP va Business Lounge zallarida bepul xizmat ko‘rsatish sifatidagi imtiyozlar, yo‘lovchi tomonidan aviachipta va  tegishli imtiyozli darajadagi hisob raqamlari ko‘rsatilgan taqdirda taqdim etiladi. Ushbu xizmat AJ rasmiy saytida oldindan EMD rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.

Tegishli imtiyozlarni rasmiylashtirish ishtirokchi tomonidan AJ saytida yoki unga tegishli ofislarda, filiallarda, AJ Vakolatxonalarida, O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida  tegishli statusga ega bo‘lgan amaldagi shaxsiy hisob raqamini taqdim etish sharti bilan amalga oshiriladi.

“Silver” yoki “Gold” imtiyozli ishtirok etish darajalariga ega bo‘lgan karta egalariga quyidagi qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etiladi:

Ishtirokchining faol ballari sonining o‘zgarishi imtiyozli statuslar va tegishli mukofotlarni olish uchun foydalaniladigan status ballari soniga ta’sir qilmaydi.