Kasallarlarni tashishga mo‘ljallangan elektr dvigatelli nogironlar aravachalari va batareyalar yordamida ishlaydigan harakatlanish vositalari ro‘yxatga olingan bagaj sifatida tashuvchining ruxsati va quyida ko‘rsatilgan talablarga jiddiy rioya qilish sharti bilan tashuvga qabul qilinadi:
- qattiq elementli elektr-batareyalar orqali harakatlanadigan aravachalar kutilmagan qisqa tutashuvni oldini olish maqsadida batareyalari simlari uzilgan va izolyatsiya qilingan hamda aravachaga mahkam mustahkamlangan holdagina tashuvga qabul qilinadi.
Quyidagi buyumlar aniq o‘lchamlaridan qat’iy nazar uch o‘lcham summasi 158 smlik (62 dyum) bagaj o‘rindiqlari sifatida tashuvga qabul qilinadi:
- 1 ta qopko‘rpa, o‘ralgan to‘shak yoki chodir;
- 1 ta ryukzak/safar xalta/yelkaga osib yuradigan sumka;
- chang‘i anjomlari to‘plami – bir juft chang‘i, bir juft chang‘i tayoqlari va bir juft chang‘i poyafzali;
- golf uchun anjomlar to‘plami – klyushkalar va bir juft golf poyafzali solingan 1 ta golf sumkasi;
- matoli yo‘l sumkasi yoki 22-rusumli chamadon (IATA Idetifikatsion bagaj kartasi klassifikatsiyasi bo‘yicha)
- 1ta yig‘ilgan velosiped (bir o‘rindiqli motorsiz sayyohlik yoki poyga velosipedi)
- suv chang‘isi anjomlari to‘plami – bir juft standart va bir juft slalomli suv chang‘ilari;
- yig‘ilgan baliq ovlash anjomlari to‘plami – 2ta qarmoq, 1 ta g‘altak, 1 ta baliq tutish to‘ri, bir juft baliq ovlash etigi hamda asboblar uchun bitta quti;
- uzinligi 100 sm dan ortiq bo‘lmagan musiqa asbobi.
Havo kemasi salonida qo‘shimcha yo‘lovchi o‘rindig‘ida bagaj tashish.
Ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bagaj sifatida radio-, tele-, videoapparatura, hisoblash texnikasi, diplomatik pochta, mo‘rt va alohida qimmatli buyumlarni havo kemasi salonining qo‘shimcha yo‘lovchi o‘rnida tashishga quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda ruxsat etiladi:
tashuvchining roziligi olingan bo‘lishi kerak;
tashish hujjatlarini rasmiylashtirishda yo‘lovchi o‘z tashishi uchun to‘laydigan tarifni qo‘llash qoidalarida belgilanadigan shartlarda qo‘shimcha joy ham bronlashtirilishi kerak.
Chang‘i anjomlarini tashish (chang‘i, suv chang‘isi, snoubord).
Sport anjomlari to‘plamlari haqiqiy o‘lchamlaridan qat’i nazar, uch o‘lchov yig‘indisi bo‘yicha 158 sm (62 dyuym) o‘lchamdagi bagaj joylari sifatida tashish uchun qabul qilinadi. Bir komplekt sport anjomining og‘irligi 32 kg dan oshmasligi kerak.
Chang‘i anjomlari to‘plamiga quyidagilar kiradi:
- Bir juft chang‘i
- Bir juft chang‘i tayoqchasi
- Bir juft chang‘i poyabzali yoki
- Bir juft standart suv chang ‘isi
- Suv slalomi uchun bir dona chang‘i
Syorfing va suv ostida suzish anjomlarini tashish.
Syorfing va suv ostida suzish anjomlari erkin bagaj tashish me’yoriga kirmaydi.
Bunday buyumlarni tashishda qabul qilish kerak bo‘lgan to‘lov quyidagi qoidalar asosida amalga oshiriladi:
Asbob-anjomlarning haqiqiy og‘irligi qolgan bagajning og‘irligidan qat’i nazar, me’yordan ortiq bagaj uchun belgilangan bagaj tarifi bo‘yicha to‘lanadi.
Agar syorfing yoki suv ostida suzish uchun jihozlar to‘plami bagaj uchun belgilangan gabarit va og‘irlik me’yorlaridan ortiq bo‘lsa, u holda ularni tashish uchun yirik gabaritli og‘ir vaznli bagaj uchun haq to‘lash qoidalariga muvofiq yig‘imlar ham undiriladi.
Bunday jihozlarni tashishga qabul qilishda o‘rinlar soni bo‘yicha to‘lov quyidagi qoidalar asosida amalga oshiriladi:
Yo‘lovchi o‘lchamlari uch o‘lchov yig‘indisi bo‘yicha 158 sm dan oshmaydigan bitta o‘ralgan syorfing anjomlari to‘plamini tashish uchun me’yordan ortiqcha bagaj uchun belgilangan stavkani yoki agar anjomning o‘lchami uch o‘lchov yig‘indisi bo‘yicha 158 sm dan oshsa, me’yordan ortiqcha bagaj uchun bitta to‘liq stavkani to‘lashi kerak.
Agar yo‘lovchi bir to‘plamdan ortiq syorfing anjomlarini tashigan bo‘lsa, har bir keyingi to‘plamni tashish uchun me’yordan ortiq bagaj uchun belgilangan bitta to‘liq stavka undiriladi.
Syorfing anjomlari to‘plamiga quyidagilar kiradi:
- syorfing taxtasi yoki
- vindserfing taxtasi, bitta machta, kosina va yelkan.
Suv ostida suzish uchun jihozlar to‘plamiga quyida sanab o‘tilgan buyumlarning barchasi yoki bir qismi kiradi:
Nafas olish aralashmasi uchun 1 ta bo‘sh ballonlar to‘plami;
- 1 regulyator;
- 1 ta g‘avvoslik kostyumi;
- 1 ta bosim o‘lchash asbobi;
- 1 ta niqob va 1 ta nafas olish nayi; 1 juft kurakcha;
- 1 ta pichiq;
- 1 ta garpun miltig‘i;
- 1 ta qutqaruv nimchasi;
- 1 ta og‘irlashtiruvchi kamar.
Golf anjomlarini tashish.
Golf anjomlarini og‘irligi bo‘yicha tashishda qabul qilish uchun kerak bo‘lgan quyidagi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi:
Yo‘lovchi bunday jihozi va yo‘lovchining qolgan bagajining haqiqiy og‘irligidan qat’i nazar, belgilangan yig‘imni to‘lashi kerak. Bunday maxsus yig‘im faqat bitta jihoz to‘plami uchun olinadi.
Joylar soni bo‘yicha golf anjomlarini tashishda qabul qilish uchun kerak bo‘lgan to‘lov quyidagi qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi:
Agar golf anjomlari to‘plami bagajni erkin tashishning belgilangan normasidan ortiq bo‘lsa, u holda uni tashishga qabul qilish yo‘lovchi tomonidan 1 ta ortiqcha bagaj uchun amaldagi stavkaning 50% ni to‘lash sharti bilan, bunday anjomning haqiqiy og‘irligidan qat’i nazar, amalga oshiriladi.
Agar yo‘lovchi bittadan ortiq golf anjomlari to‘plamini olib o‘tsa, har bir keyingi to‘plam uchun me’yordan ortiq bagaj hisoblanib, belgilangan bitta to‘liq stavka undiriladi;
Golf anjomlari to‘plamiga standart anjomlar to‘plamiga ega bitta golf sumkasi va bir juft golf poyabzali kiradi.