Mukofotli aviachiptani qayta rasmiylashtirish, qayta bronlash va qaytarish
To‘liq 1 yil sovrinli ballar hisobiga rasmiylashtirilgan mukofotli aviachiptadan - agar tashish boshlanmagan bo'lsa, u holda chipta berilgan kundan boshlab, agar tashish boshlangan bo'lsa, u holda dastlabki jo'nab ketgan kundan boshlab amal qiladi. Tashish shartnomasi ixtiyoriy ravishda o'zgartirilgan taqdirda, qayta rasmiylashtirilgan aviachiptaning amal qilish muddati dastlabki chiptada ko'rsatilgan muddatga to'g'ri kelishi kerak.
Xizmat ko‘rsatish darajasini mukofot tariqasida oshirish bilan rasmiylashtirilgan aviachiptaning amal qilish muddati, ushbu xizmatni rasmiylashtirish uchun foydalanilgan aviachiptaning amal qilish muddatiga teng.
Agar ishtirokchining hisobida yetarli miqdorda faol ballar soni mavjud bo‘lsa, u holda yo‘lovchining ixtiyoriga ko‘ra, barcha haqi to‘langan yo‘nalishlar yoki uning alohida uchastkalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish klassini oshirish mumkin.
Xizmat ko‘rsatish klassini oshirish bilan rasmiylashtirish, yo‘lovchi tomonidan xarid qilingan aviachiptani qayta rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi. Xizmat ko‘rsatish klassini mukofot tariqasida oshirish, faqat xizmat ko‘rsatish klassini oshirish uchun aviachiptadagi haqi to‘langan tarif shartlarida ruxsat berilgan taqdirda mumkin.
Xizmat ko‘rsatish klassini bir martalik oshirish holatida, Z klassli aviachiptani xizmat ko‘rsatish klassini oshirish uchun belgilangan yig‘im undirilmasdan B klassli qaytarish mumkin bo‘lgan tarifda tashish qiymati ko‘rsatilgan holda, rasmiylashtirishga ruxsat beriladi.
Ishtirokchining ixtiyoriga ko‘ra, mukofot aviachiptasida qaytish yo‘nalishi “ochiq sana” bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Xizmat ko‘rsatish klassi oshirilganda qatnovning qaytish sanasi yoki qaytish yo‘nalishini “ochiq sana” bilan bron qilish imkoniyati dastlabki haqi to‘langan tarif shartlariga muvofiq belgilanadi. Mukofot aviachiptasining qaytish yo‘nalishidagi “ochiq sana” ishtirokchiga istalgan qatnovida parvoz etish imkonini kafolatlamaydi, binobarin, qaytish parvozi qatnovda mukofotli joylarning bepul kvotasi mavjudligiga bog‘liq. Agar qatnovda mukofotli joylar kvotasidan tashqari boshqa bo‘sh joylar mavjud bo‘lsa, u holda mukofot aviachiptalari uchun belgilangan kvotadan tashqari, qatnov parvoz etishiga bir sutkalik vaqt qolganda ochiq sana bilan rasmiylashtirilgan mukofot aviachiptasi uchun bo‘sh joyni bron qilish mumkin, lekin bu vaqtdan oldin mumkin emas.
Tasdiqlangan qatnov sanasi ko‘rsatilgan mukofotli aviachiptani boshqa bir sanada amalga oshiriladigan qatnovga qayta rasmiylashtirish mumkin, ushbu holatda qayta bron qilish/qayta rasmiylashtirish uchun belgilangan yig‘imlar undiriladi. Shuningdek, qatnovda Z/X klasslarida joylar kvotasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, lekin tegishli xizmat ko‘rsatish klassida bo‘sh joylar mavjud bo‘lsa, u holda joy uchun yangi bron tuzish va tasdiqlash, jadvalda rejalashtirilgan qatnovga bir sutkalik vaqt qolganda amalga oshiriladi, bu vaqtdan oldin mumkin emas.
Mukofotli aviachiptani ixtiyoriy ravishda qayta bron qilish, aviachiptaning tashish uchun belgilangan amal qilish muddati ichida mumkin. Mukofot aviachiptasini qayta bron qilish uchun quyidagi miqdorda yig‘imlar undiriladi:
- Х klass – 30 EUR;
- Z klass – 10 EUR.
Qayta bron qilish uchun yig‘imlar barcha mukofotli aviachiptalardan, shu jumladan xizmat ko‘rsatish klassi oshiriladigan aviachiptalardan ham undiriladi. Xizmat ko‘rsatish klassini oshirishda dastlabki to‘langan tarifni qo‘llash shartlari hisobga olinmaydi.
Qayta bron qilish uchun belgilangan yig‘imlar, faqat pul mablag‘lari bilan to‘lash orqali amalga oshiriladi.
Yo‘lovchi tomonidan ixtiyoriy ravishda qatnovdagi parvoz etish sanasi o‘zgartirilsa, mukofotli aviachiptalari uchun tegishli bo‘lgan bronlash klassidagi quyi klassga qayta rasmiylashtirish uchun ruxsat beriladi, lekin ballardagi farq dastur ishtirokchisining hisobiga qaytarilmaydi.
Aviachiptani qayta rasmiylashtirish sharti bilan AJning muntazam qatnovlarida mukofotli aviachipta bilan rasmiylashtirilgan tashish yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda o‘zgartirishga ruxsat beriladi. Bu yerda:
- rasmiylashtirish uchun ko‘proq ballar talab qilinadigan mukofotli aviachiptadagi yo‘nalishni ixtiyoriy ravishda o‘zgartirish, faqat ishtirokchining hisobida kerakli miqdordagi ballar mavjud bo‘lganda, ishtirokchining hisobidan kerakli miqdordagi ballarni olish mumkin bo‘lganda, shuningdek, barcha zarur yig‘imlarni undirish orqali amalga oshiriladi.
- Aviachiptada ko‘rsatilgan yo‘nalishni o‘zgartirish uchun kamroq ballar miqdori talab etilgan holatlarda, zarur bo‘lgan qo‘shimcha to‘lovlar, aeroport va boshqa e’lon qilingan yig‘imlar undirilgan holda, aviachiptani qayta rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi. Dastlabki va yangi qayta rasmiylashtirilgan aviachiptalarni rasmiylashtirish uchun foydalanilgan ballardagi farq qaytarilmaydi.
Yuqorida ko‘rsatilgan hollarda aviachiptani qayta rasmiylashtirishda yangi yo‘nalish va yangi aviachiptaning tartib raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishtirokchining hisobiga kiritilishi kerak.
Sovrinli ballar yordamida haqi to‘langan mukofotli aviachipta, xizmat ko‘rsatish klassini oshirish va boshqa xizmatlar uchun ushlab qolingan ballar qaytarilmaydi. Shuningdek, foydalanilmagan barcha davlat, aeroport va boshqa yig‘imlar (aviachiptani rasmiylashtirish uchun YR yig‘imidan tashqari) belgilangan tartibda yo‘lovchiga qaytariladi.
Yo‘lovchi ixtiyoriy ravishda tashuvni rad etgan holatda, mukofotli aviachiptani rasmiylashtirish uchun foydalanilgan sovrinli ballar qaytarib berilmaydi.
Aviakompaniya tomonidan amaldagi qatnovlar jadvali o‘zgartirilganligi sababli tashish shartnomasini majburiy ravishda o‘zgartirish holatlarida, mukofotli aviachipta va xizmat ko‘rsatish klassini mukofot tariqasida oshirish bo‘yicha rasmiylashtirilgan aviachiptalar uchun belgilangan yig‘imlar undirilmaydi va yo‘lovchining ixtiyori bo‘yicha quyidagilar amalga oshiriladi:
- “Uzbekistan Airways” AJ yo‘lovchilariga tizimda uzilish sodir bo‘lgan holatlarda xizmat ko‘rsatish qoidalari yoki qatnovlar jadvaliga kiritilgan rejalashtirilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, yo‘lovchidan qayta bron qilish uchun yig‘imlar undirilmagan holda, aviachiptani qayta bron qilish va amal qilish muddatini uzaytirish yoxud;
- O‘zgartirilgan yo‘nalishga qayta rasmiylashtirish uchun belgilangan yig‘imlar undirilmagan va ballar qo‘shilmagan holda, mukofot aviachiptasini qayta rasmiylashtirish yoki;
- davlat, aeroport va boshqa yig‘imlar sifatida yo‘lovchilar tomonidan to‘langan mukofotli aviachipta va summalarini hech bir jarima yig‘imlarini ushlab qolmasdan, yo‘lovchining shaxsiy hisobida mukofot aviachiptasini rasmiylashtirish uchun foydalanilgan faol ballarni tiklash bilan majburiy ravishda qaytarish.