Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

2020-YIL 1-IYULDAN “UZBEKISTAN AIRWAYS” AJda AVIACHIPTALAR VA XIZMATLAR UCHUN TO‘LANGAN SUMMALAR QAYTARILISHINING YANGI QOIDALARI AMAL QILADI

2020 30 Iyun
16074
Ulashing

- Yo‘lovchilar tomonidan aviachiptalar va qo‘shimcha xizmatlar uchun 2020-yil 31- dekabrgacha to‘langan summani qaytarishni ta’minlash uchun 2020-yil 1-iyuldan depozit vaucherlarni rasmiylashtirish amalga oshiriladi.

- Depozit vaucherini rasmiylashtirish, qaytarilishi lozim bo‘lgan chipta narxi summasiga, plyus aviachiptani xarid qilgan joyi bo‘yicha shu summadan 5%ga teng bonus taqdim etiladi.

- Depozit vaucherlari ularni rasmiylashtirish sanasidan boshlab yil davomida yo‘lovchilar tomonidan “Uzbekistan Airways” AJning reyslaridagi har qanday boshqa tashuv to‘lovlari yoki qo‘shimcha xizmatlar to‘lovlari uchun foydalanilishi mumkin.

- Vaucherni rasmiylashtirish sanasidan bir yil o‘tishi bilan depozitning foydalanilmagan summasi yo‘lovchiga dastlabki to‘lov shaklida qaytariladi.

Depozit vaucherlarini qo‘llash O‘zR Prezidenti raisligidagi O‘zR Vazirlar Mahkamasining karantin davrida transport tizimi barqarorligini ta’minlash masalalari bo‘yicha 2020-yil 25-maydagi yig‘ilishi qarori asosida kiritilmoqda.

PDF-ni yuklab oling