Bugun Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bayram doirasida ishtirokchilar Ikkinchi jahon urush faxriylarining hamda mustaqillik yillarida Vatanimiz ozodligi, xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini himoya qilish va o‘z xizmat burchini ado etish yo‘lida halok bo‘lgan jasur harbiylarimiz jasorati va qahramonligini e’zozlashdi.
9-may - har bir oilaning kichik bir tarixi. Biz jang maydonlaridan ortga qaytish nasib etmagan va o‘z hayotini ayamay, front ortida mehnat qilganlarni cheksiz minnatdorchilik va faxr bilan yodga olamiz.
Ularning yorqin xotiralari qalbimizda umrbod qoladi!