Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Airbus A320 havo kemasi haqida rasmiy ma’lumot

2024 5 Avgust
Ulashing

3-avgust kuni Krasnoyarsk – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY9684 aviaqatnovini amalga oshirgan A320 UK32015 havo kemasi bir soatlik parvozdan so‘ng Rossiya va Qozog‘iston chegarasi bo‘ylab 11000 metr balandlikda parvoz qilayotib, bu balandlik uchun anomal meteorologik hodisaga (do‘l) duch keldi. Natijada, parvoz kemasining oldi oynalari shikastlandi. Ekipaj belgilangan protseduralarni amalga oshiriganidan so‘ng, parvozni davom ettirishga qaror qildi. Toshkentga qo‘nish jadvalga muvofiq amalga oshirildi. Parvozdan keyingi tekshiruvda shuningdek, meteolokator burun konusining (kok) shikastlanishi aniqlandi.

Havo kemasi bortida 174 yo‘lovchi va 6 ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Hozirgi vaqtda havo kemasining shikastlangan qismini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Yaqin kunlarda havo kemasi muntazam ravishda parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu hodisa parvozlarni davom ettirish uchun tahdid yoki jiddiy muammo tug‘dirmaydi. “Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi.

PDF-ni yuklab oling