Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Antaliya-Toshkent aviaqatnovi kechiktirilgani haqida rasmiy xabar

2024 3 Iyun
Ulashing

2024-yilning 2-iyun kuni Antaliya aeroportida Boeing 787-01 havo kemasida Antaliya – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY 3224 aviaqatnoviga tayyorgarlik ko‘rish vaqtida chap dvigatelni ishga tushirish tizimida nosozlik aniqlangan. Parvozning rejalashtirilgan uchish soati Antaliya mahalliy vaqti bilan 15:00.

Samolyot bortida 198 nafar katta yoshli yo‘lovchi va 13 nafar chaqaloq bo‘lgan.

Ekipaj dvigatellarni ishga tushirishda, eshiklarni yopib, parvozga ruxsat olgandan keyin nosozlikni aniqladi. Yo‘lovchilar va ekipaj xavfsizligi uchun samolyot sardori muammo sabablarini bartaraf etish uchun parvozni kechiktirishga qaror qildi. Biroq, ko‘rilgan barcha choralardan so‘ng va dvigatellar ishga tushirilganda, nosozlik sensori yana ishga tushib ketdi. 

Boeing 787 samolyotlarida taʼmirlash ishlarini olib borish uchun sertifikatga ega “Turkish Technic” texnik mutaxassislari guruhi jalb etilgan. Ular bilan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kelishuvi mavjud bo‘lib, agar aviakompaniya havo kemalarida Turkiya aeroportlarida bo‘lgan vaqtida nosozliklar yuzaga kelsa ushbu guruh texnik xizmat koʻrsatadi.

Bu vaqtda yo‘lovchilar samolyot bortida bo‘lgan. Ekipaj va texnik xodimlar muammoni bartaraf etish ustida ish olib borishdi. 

Muammoni to‘liq hal qilish uchun ikki soatlik kechikishdan so‘ng yo‘lovchilarni jo‘nab ketish terminaliga qaytarishga to‘g‘ri keldi, chunki bunday hollarda bortda yo‘lovchilarning bo‘lishi aviatsiya xavfsizligi qoidalariga ko‘ra taqiqlanadi.

Dvigatelni ishga tushirish tizimidagi nosozliklarni bartaraf etishning takroriy tekshiruv natijalariga ko‘ra, yo‘lovchilar bir soatdan keyin bortga qaytarildi va joylashtirildi. Biroq, dvigatel ishga tushmadi.

Aeroport terminalida 4 soatlik kechikishdan so‘ng yo‘lovchilar oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlandi, chunki texnik xodimlar muammo tezroq hal etilishiga ishonch hosil qilishdi. Ammo 6 soatlik kechikishdan so‘ng, 198 nafar yo‘lovchi va 13 nafar chaqaloqni mehmonxonaga joylashtirish, aeroportdan mehmonxonaga va ortga qaytarib olib kelish choralarini ko‘rishga qaror qilindi.

Aviakompaniya muammoni hal qilish uchun maxsus guruh tashkil qildi.

Bunda yo‘lovchilarning shaharga borishlari va mehmonxonalarda tunashlari uchun parvozlari majburiy qoldirilganligi sababli pasport nazorati tekshiruvidan o‘tishda yordam ko‘rsatildi.

Antaliya mahalliy vaqti bilan 22:00 da yo‘lovchilarning yuklari havo kemasining yuk bo‘linmalaridan tushirildi va kechikkan parvoz yo‘lovchilari qabul qilishlari uchun bagaj maydoniga taqdim etildi hamda avtobuslarga kuzatib qo‘yildi.

Mehmonxonaga jo‘nab ketish oldidan yo‘lovchilarga ertalab Toshkentga qaytishlari uchun aviakompaniyaning zahiradagi samolyotida charter parvoz tashkil etilishi haqida ma’lum qilingan. Yo‘lovchilar mehmonxonalarga joylashtirilgach, ular issiq ovqat bilan ta’minlangan.

Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish shtabi Antaliyadan yoʻlovchilar uchun charter reyslarini taʼminlash maqsadida aviakompaniyaning 2024-yil 3-iyunga moʻljallangan parvozlar jadvalini qayta koʻrib chiqdi, buning natijasida HY423 Toshkent-Dehli, HY613 Toshkent - Moskva yoʻnalishi boʻyicha muntazam aviaqatnovlarning joʻnashida kichik kechikishlar talab etildi va Toshkent-Antaliya yo‘nalishi bo‘yicha HY3223 charter reysini amalga oshirishga qaror qabul qilindi.

Zaxiradagi Airbus A321 samolyoti mahalliy vaqt bilan 09:06 da Antaliya aeroportiga qo‘ndi.

2-iyun kuni kechiktirilgan Antaliya-Toshkent aviaqatnovi yo‘lovchilari 3-iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:51 da Antaliyadan Toshkentga zahiradagi havo kemasida eson-omon jo‘nab ketishdi.

Havo kemasining Toshkentga tahminiy yetib kelish vaqti mahalliy vaqt bilan 18:00.

 

Uzbekistan Airways yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va yo‘lovchilarimiz hamda ekipajimiz xavfsizligini ta’minlash aviakompaniyaning asosiy ustuvor vazifasi bo‘lib qolishini ta’kidlaydi. 

PDF-ni yuklab oling