25-26 may kunlari “Uzbekistan Airways” AJ kasaba uyushmasi va ijtimoiy siyosat va ma’naviyat bo‘limi tomonidan aviakompaniya va uning tarkibiy bo‘linmalarida ishlaydigan yoshlar uchun Kumushkon tog‘laridagi dam olish maskaniga sayohat uyushtirildi.
Uzbekistan Airways xodimlari do‘stona jamoalarga birlashgan holda sport musobaqalarida, seminarlarda ishtirok etishdi va sahna ko‘rinishlarini namoyish qilishdi. Tim-bilding xodimlarga katta jamoada ishlashda juda muhim bo‘lgan strategik fikrlash, unda ishlash va muloqotning rivojlanishi kabi ko‘nikmalarning oshishiga yordam berdi.
Bunday tadbirlar aviakompaniyaning yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish strategiyasining muhim elementi hisoblanadi. Ular jamoaning ish faoliyati samaradorligini oshiradi va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilaydi.