Bugun, 2025-yil 15-yanvar kuni Buxoro – Moskva (Vnukovo) yo‘nalishidagi HY9607 aviaqatnovibelgilangan aeroportga qo‘nayotganda dvigatellardan biri ishdan chiqdi. Aviakompaniya ekipaji tomonidan tegishli protseduralarbajarildi va samolyotni belgilangan aeroportga qo‘ndirishga qaror qilindi.
Qo‘nish muvaffaqiyatli amalga oshirildi, havo kemasi bortida 132 yo‘lovchi bor edi.
Uzbekistan Airways texnik xizmatlari tomonidan barcha tiklash ishlari olib borilmoqda. Amaldagi parvozlar jadvalida rejalashtirilgan keyingi aviaqatnovlar Vnukovo xalqaro aeroportiga uchib ketgan zaxira havo kemasida amalga oshiriladi.
Keltirilgan noqulayliklar va ushbu havo kemasida ilgari rejalashtirilgan aviaqatnovlarning kechikishi uchun uzr so‘raymiz.