Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Bagaj tashish qoidalari va me’yorlariga rioya qilishingizni so‘raymiz

2021 17 Dekabr
1
Ulashing

Yo‘lovchilar tomonidan havo kemasi bortiga yashirincha yirik gabaritli yuklarni qo‘l bagaji ko‘rinishida olib o‘tish holatlari ko‘payib borayotgani va bu aviaparvozlar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani tufayli Uzbekistan Airways barcha yo’lovchilarga bagajni tashish qoida va me’yorlariga rioya qilish zarurligini eslatadi.

Agar samolyot bortiga chiqish vaqtida yo’lovchida ro’yxatdan o’tmagan qo’shimcha qoʻl va yuk bagaji aniqlansa, yoʻlovchi ushbu bagajni tashish uchun ikki barobar haq toʻlashi shart.

Ro’yxatdan o’tmagan bunday bagaj avvalambor roʻyxatga olinadi va «Limited release» identifikatsiya yorliqlari bilan havo kemasining yuk bo’limiga roʻyxatdan o’tgan bagaj sifatida joylashtiriladi. Agar bunday bagajni tashish uchun boʻsh joy boʻlmasa yoki uni rasmiylashtirish uchun vaqt yetarli boʻlmasa, Uzbekistan Airways ushbu bagajni yoʻlovchi uchayotgan reysda tashuvini rad etishga haqqi bor. Bunday yuk navbatdagi reysda boʻsh joy boʻlsa belgilangan manzilga joʻnatiladi. Bunday holatda Uzbekistan Airways bagajning kechikib yetkazib berilishi uchun javobgar emas.

Agar yoʻlovchi aniqlangan ortiqcha qoʻl yuki yoki bagaj to’lovini toʻlashdan bosh tortsa, aviakompaniya ushbu bagaj tashuvini rad etishga haqli.

Shu munosabat bilan barcha yo‘lovchilarga aviakompaniyaning bagaj qoidalari bilan oldindan tanishib chiqishlarini, yo‘lovchi o‘zi bilan qancha yuk olib ketishi mumkinligini va qo‘shimcha yuk tashish xizmatini qanday rasmiylashtirishni aniqlashni tavsiya etamiz.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling