“Uzbekistan Airways” AJ xodimlarining hushyorligini qo‘llabb-quvvatlash, hayoti va sog‘lig‘ini saqlash maqsadida, shuningdek, aviakompaniyaning tarkibiy bo‘linmalarida rejalashtirilgan o‘quv-uslubiy mashg‘ulotlarga muvofiq, joriy yilning 13-fevral kuni Uzbekistan Airways Sales filiali binosida “Seysmik xavfsizlik tizimini tashkil etish va takomillashtirish” va “Tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda xodimlarning harakat tartibi” mavzularida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
So‘nggi yillarda O'zbekiston Respublikasida aholi va hududlarni tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlardan himoya qilishni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar, shuningdek, seysmik xavfsizlikni ta‘minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Tadbir ishtirokchilariga tabiiy ofat yuz berganda qanday harakat qilish kerakligi va birinchi yordamni qanday ko‘rsatish kerakligi haqida ma‘lumot berildi. Bunday mashg‘ulotlar nafaqat Uzbekistan Airways Sales xodimlari, balki filial hududida bo‘lib turgan yo‘lovchilar orasida ham hayot uchun xavfli vaziyatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishining oldini olish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan va favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlarga bag‘ishlangan “Yerning vayron qiluvchi kuchi” videofilmi ham namoyish etildi.