Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Full Flight Simulator Airbus 320 trenajyor simulyatori – uchuvchilarning “ishonchli doʻsti”

2021 8 Noyabr
1
Ulashing

Joriy yilning noyabr oyida Uzbekistan Airways oʻquv-mashgʻulot markazida Full Flight Simulator Airbus 320 trenajyori ishga tushirilganiga 6 yil boʻldi. Yillar davomida trenajyorda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Pokiston, Qirgʻiziston, Rossiya Federatsiyasi va boshqa mamlakatlardan 9000 dan ortiq mutaxassislar tayyorgarlikdan oʻtishdi. Mashgʻulot majmuasi xizmatlariga boʻlgan talab tobora ortib borayotganini ta’kidlab oʻtish joiz. Simulyatorning parvoz yaroqliligini ta’minlash Kanadaning uskunalar ishlab chiqaruvchi – “CAE” kompaniyasi koʻmagida “Oʻquv-mashgʻulot markazi” MCHJ xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Yaqin vaqt ichida simulyatorning dasturiy ta’minotini toʻliq yangilash rejalashtirilmoqda. Eslatib oʻtamiz, 7000CAE XR Kanada kompaniyasining eng yangi zamonaviy kompyuter ta’minoti, harakatchanlik va vizualizatsiya tizimlari bilan jihozlangan. Bu A320 havo kemasi kabinasining deyarli aniq nusxasi boʻlib, olti darajali erkin harakatlanuvchi platformaga oʻrnatilgan.

“Oʻquv-mashgʻulot markazi” MCHJ jamoasi mashgʻulotlarda har doim ishonchli hamkorlar va yangi mijozlarni koʻrishdan xursand, markaz simulyatorlaridan foydalanish aviakompaniyalarga foyda keltirishi va parvozlar xavfsizligini oshirish uchun hamma sharoitlarni yaratishni oʻziga maqsad qilgan.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling