Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun

2021 3 Dekabr
1
Ulashing

Bugun, 3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kuni. Uzbekistan Airways yo‘lovchilar ehtiyojlarini inobatga olgan holda, havo transportidan to‘siqsiz foydalanishlari uchun imkoniyat yaratadi.

Bugungi kunda aviakompaniya nogironligi bo‘lgan va imkoniyati cheklangan yo‘lovchilarga moslashtirilgan qator maxsus xizmatlarni taklif etmoqda:

  • uchish/yetib borish aeroportida kuzatib borish va yordam ko‘rsatish;
  • mustaqil harakatlana olmaydigan yo‘lovchilarni nogironlar aravachasida/avtoliftda havo kemasiga/kemasidan tashish;
  • havo kemasi o‘rindiqlariga birinchi navbatda joylashtirish;
  • yostiq va pled taqdim etish;
  • barcha yo‘lovchilar havo kemasidan chiqib bo‘lgach, bortkuzatuvchilar kuzatuvi ostida chiqish;
  • yetib borish aeroportida kutib olish.

Yuqorida ko’rsatilgan maxsus xizmatlar aviaqatnovdan 48 soat oldin berilgan so‘rov bo‘yicha taqdim etiladi.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilar va Ulug‘ Vatan Urushi qatnashchilari uchun aviachiptalarga 50% dan 100% gacha maxsus chegirmalar taqdim etiladi.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling