Uzbekistan Airways aksiyadorlik jamiyati “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagʻishlangan press-tur tashkil etdi.
Press-tur Uzbekistan Airways Sales filialida boshlandi va unda ishtirokchilar aviachiptalar sotuvi qanday amalga oshirilishi va bu jarayon bilan bogʻliq qonun buzilishi holatlariga qarshi amalga oshirilayotgan qator chora-tadbirlar haqida kerakli ma’lumotlar bilan tanishdilar. Tashkil etilgan tadbirda aviakompaniya xodimlari, OAV vakillari ishtirok etdilar.
Uchrashuvning keyingi manzili Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida faoliyat yurituvchi aviakompaniya vakolatxonasi boʻldi. Ashraf Baxriyev, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida joylashgan Uzbekistan Airways vakolatxonasi boshligʻi ishtirokchilarni yoʻlovchilar uchun yangi zal va roʻyxatga olish joylari bilan tanishtirdi. Shuningdek, vakolatxona vakillari aviareyslarda korrupsiya yomon illat ekanligi, ayniqsa oʻsib kelayotgan yosh-avlodni “oson pul topish yoʻli”ga kirib qolishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar doimiy tarzda oʻtkazilib turilishini aytib oʻtdi.
Kunning ikkinchi yarmida esa Uzbekistan Airways bosh ofisida “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni”ga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda aviakompaniya xodimlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ullari qatnashishdi.
Obidjon Latipov, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni haqida toʻxtalib oʻtdi. Ushbu qonunni ustuvorligi va qonun buzgan shaxs jamiyatga faqat zarar yetkazishi haqida aytib oʻtdi.
Yigʻilishda yoʻlovchilar yoki akiakompaniya xodimlari korrupsiyaga holatlariga duch kelishganida:
- Aviakompaniya korporativ sayti www.uzairways.com “Korrupsiyaga qarshi kurashish” boʻlimida murojaatlarni qoldirish uchun tashkil etilgan maxsus seksiya orqali;
- anticorruption@uzairways.com elektron pochta orqali;
- Toshkent shahar, A. Temur shoh koʻchasi, 41-uy, “Uzbekistan Airways” AJ, Xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi orqali xabar berishlari mumkinligi ta’kidlab oʻtildi.
Telegram: t.me/uzbekistanairways