O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, Hindistonda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat munosabati bilan 2021-yil 18-iyundan boshlab «Uzbekistan Airways» AJ haftaning juma kunlari amalga oshirilayotgan Toshkent-Dehli-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni bekor qiladi.
Yo’lovchilarga bekor qilingan qatnov aviachiptasi uchun pul mablag‘larini qaytarib olish taklif etiladi.
Seshanba kunidagi aviaqatnovlar amaldagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
«Uzbekistan Airways» AJ yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
«Uzbekistan Airways» AJ Axborot xizmati.