Bugun Samarqand shahrida o‘tkazilgan seminarda aviakompaniyaning mintaqaviy vakillari va Uzbekistan Airwaysning tarkibiy bo‘linmalari ishtirok etdi. Seminar davomida aviakompaniyaning Kuz-Qish mavsumi navigatsiyasiga tayyorgarligi, bortda va aeroportlarda xizmat ko‘rsatishni yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Uzbekistan Airwaysning 9 oy davomida erishgan asosiy ko‘rsatkichlari aks etgan taqdimotlar bo‘lib o‘tdi va 2025 yilga mo‘ljallangan rejalari taqdim etildi.
Seminarda 2024 yilning 9 oyi davomida yo‘lovchilardan kelib tushgan taklif va e’tirozlar ham tinglandi, bu esa jarayonlarni yaxshilash va kelgusida muammoli vaziyatlarni bartaraf etishga yordam beradi.
Yangiliklarimizni kuzatib boring.