Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Toshkent-Seul-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qatnovlar bajarilishi

2021 12 Yanvar
Ulashing

Hurmatli Yo‘lovchilar!

2021-yil 24-fevraldan boshlab Koreya Respublikasi fuqarolari COVID-19ga jo‘nab ketishdan oldin, kamida 72 soat ichida, O‘zbekiston laboratoriyalaridan birida PZR usuli bilan amalga oshirilgan testning manfiy natijasini taqdim etishlari shart.

Koreyaga sayohat qilayotgan xorijiy fuqarolar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ham, Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tasdiqlagan laboratoriyalardan birida parvozdan oldin, kamida 48 soat ichida PZR usuli bilan amalga oshirilgan COVID-19 testining manfiy natijalariga ega bo‘lishi kerak.  Ma’lumotnoma Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim!

Shuningdek, Koreyaga O‘zbekiston orqali havo transportida, chegarani kesib o‘tmasdan, tranzit bilan sayohat qilayotgan yo‘lovchilar ham, doimiy yashash mamlakatida COVID-19ga PZR usuli bilan o‘tkazilgan testining manfiy natijasi ko‘rsatilgan ma’lumotnomaga ega bo‘lishlari kerak.

1. Ma’lumotnomalar uchun umumiy qoida

Qo‘shimcha tariqasida shuni ma’lum qilamizki,  quyidagi talablarga javob bermaydigan ma’lumotnomani taqdim etgan shaxs zarur ma’lumotnomani taqdim etmagan shaxs sifatida tan olinadi va Koreya respublikasi hukumati tomonidan belgilangan maxsus karantin muassasasiga 14 kunlik muddatga joylashtiriladi.  (karantin muassasasida  yashash xarajatlari karantin ostida bo‘lgan shaxs tomonidan qoplanadi, 14 kun – 1 680 000 von)

Ma’lumotnomalar uchun umumiy qoida

1. Tahlil o‘tkazish usuli

 

1. PZR, LAMP, TMA, SDA usullari bilan o‘tkazilgan tahlillar tan olinadi                                          

 *Virus genini (PCR, LAMP va boshqa) aniqlash usuli bilan o‘tkazilgan tahlil natijalari tan olinadi.

Antitanalarni (RAT, ELISA va boshqa) aniqlash usuli bilan o‘tkazilgan tahlil natijalari tan olinmaydi.

2. Tahlilni berish vaqti

Ma’lumotnoma parvozdan oldin 72 soat ichida berilgan bo‘lishi kerak                                                    

 *Masalan: agar uchib ketish sanasi 2021-yil 10-mart soat 10:00  bo‘lsa, faqat 2021-yil 7-mart soat 00:00dan keyin berilgan ma’lumotnomalar tan olinadi.

3. Ma’lumotnoma mazmuni

3. Ma’lumotnomada F.I.Sh.*, Tug‘ilgan  yili **, tahlil o‘tkazish usuli, natijasi, berilgan sanasi,          tahlilni o'tkazgan tashkilot nomi ko‘rsatilishi kerak.

 * F.I.Sh. faqat ariza beruvchining pasportiga muvofiq ko‘rsatilishi kerak

 ** tug'ilgan sana o‘rniga pasport yoki ID-karta raqamini ham ko‘rsatish mumkin

4. Natija

Faqat  "Manfiy" natijali  ma’lumotnoma tan olinadi                                                                             

 *"Noma’lum", "Musbat" va boshqa natijali ma’lumotnomalar tan olinmaydi.

5. Berilgan ma’lumotnomani tili

Ma’lumotnoma koreys yoki ingliz tillarida berilishi kerak.                                                                 

 *Ma’lumotnoma  boshqa tilda berilgan bo‘lsa, uning tasdiqlangan tarjimasi taqdim etilganda tan olinadi. 

(Agar ma’lumotnoma mustaqil ravishda tarjima qilingan bo‘lsa, u holda notarius yoki Elchixona tomonidan tasdiqlanishi kerak.)

2. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun guvohnoma taqdim etish zaruriyati to‘g'risidagi qoida

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar yoki maktabgacha yoshdagi bolalarni kuzatib boruvchi barcha shaxslar belgilangan tartibda ma’lumotnomani taqdim etishlari shart, ammo yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va maktabgacha yoshdagi- 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (mamlakatga kirish vaqtida) ma’lumotnomani taqdim etishdan ozod etiladi.

Toshkent-Seul yo‘nalishi bo‘yicha amaldagi vizasi mavjud xorijiy fuqarolarni tashish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:

1 – Amaldagi kirish vizasi mavjudligi

2 – Yuqorida ko‘rsatilgan kabi COVID-19ga manfiy test natijalari mavjudligi.

Shuningdek, ko‘rsatilgan sanalarda Toshkentdan Inchxon aeroporti orqali uchinchi mamlakatlarga tutash vaqti 24 soatdan kam bo‘lgan qatnovlarda uchuvchi tranzit yo‘lovchilarni tashish imkoniyati mavjud.

Oxirgi manzil yoki undan keyingi tranzit mamlakatlariga kirish qoidalariga rioya qilish uchun javobgarlik to‘liq tranzit yo‘lovchilari zimmasiga yuklatiladi.

Koreya Respublikasiga kelgandan so‘ng, barcha yo‘lovchilar PZR sinovidan o‘tishlari va yashash joylarida 14 kunlik izolyatsiyadan bo‘lishlari shart. O‘zini izolyatsiya qilish joyi mavjud bo‘lmagan taqdirda yo‘lovchilar o‘z mablag‘lari hisobidan yashash uchun 2,100,000 KRW miqdorida pul sarflab maxsus karantin muassasalarida o‘zini izolyatsiya qilishlari zarur.

PDF-ni yuklab oling