2022-yil 6-yanvarga moʻljallangan HY9729/9730 Nukus-Aktobe-Nukus va HY763/764 Toshkent-Olmaota-Toshkent yoʻnalishlari boʻyicha aviaqatnovlari yetib boradigan aeroportlarning texnik sabablariga koʻra bekor qilindi.
Ushbu yoʻnalish boʻyicha parvozlarni amalga oshirish kunlari haqidagi ma’lumot qoʻshimcha e’lon qilinadi.
Yoʻlovchilar 6-yanvar kuni Olmaota va Aktobega bekor boʻlgan parvozlar aviachiptalarining toʻliq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.
To‘g‘ri tushunishingizga umid qilamiz.
Telegram: t.me/uzbekistanairways