Bugun, 11-aprel kuni Uzbekistan Airways Technics aviata’mirlash korxonasi hududida mini-futbol bo‘yicha Uzbekistan Airways Boshqaruv raisi Kubogi uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Turnirni Boshqaruv raisining ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Umid Xusanov va Uzbekistan Airways Technics direktori Farhod Ibragimov ochib berdi. Musobaqada aviakompaniyaning turli bo‘linmalari vakillaridan iborat bir nechta jamoalar ishtirok etdi.

Turnir yakunlariga ko‘ra, birinchi o‘rinni egallagan Uzbekistan Airways jamoasi kubokni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Uzbekistan Airways Technics xodimlariga nasib etgan bo‘lsa, bronza medalni Uzbekistan Helicopters jamoasi qo‘lga kiritdi.


Turnir xodimlar o‘rtasida jismoniy tarbiyani rivojlantirish va ularning aviakompaniyaning sport hayotida faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash qanchalik muhim ekanligining yorqin namunasi bo‘ldi.