Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi va Amadeus axborot texnologiyalari sohasida strategik hamkorlik boshlanganligini e’lon qiladi

2021 17 Dekabr
Ulashing

Amadeus bilan tuzilgan shartnoma aviakompaniyanining havo kemasi bortidagi o’rindiqlar, tariflarni boshqarish, distributsiya va yoʻlovchilar uchun xizmat koʻrsatishning asosiy tizimlarini modernizatsiya qilish orqali operatsion samaradorlikning yangi darajasiga erishishiga imkon beradi.

Endi sayohatchilar safarlarini o’zlariga maksimal darajada moslashtirishlari va o’z ehtiyojlariga mos keladigan marshrutni yaratish uchun koʻproq imkoniyatlarga ega boʻladilar.

Uzbekistan Airways, Oʻzbekiston Respublikasining milliy aviatashuvchisi hamda turizm, transport, mehmondoʻstlik sohalari uchun axborot texnologiyalarini yetkazib beruvchisi yetakchi Amadeus kompaniyasi bilan uzoq muddatli hamkorlik boshlanganligini e’lon qiladi. Aviakompaniya operatsion samaradorlikni oshirish va mijozlarga xizmat koʻrsatishni rivojlantirish uchun ilgʻor Amadeus IT-yechimlaridan foydalanadi. Bundan tashqari, hamkorlik aviakompaniyaning o’z strategik maqsadiga erishishga – Yevropa va Osiyo oʻrtasida qulay havo yo’llarini ta’minlashga yordam beradi.

Shartnomaga koʻra, aviakompaniya Amadeus Altéa Passenger Service System (PSS) yoʻlovchi xizmati tizimining toʻliq yechimlari, shuningdek, daromadni boshqaruvchi Revenue Management, Revenue Accounting va Travel Intelligence nomli biznes-tahlil tizimlarini joriy qiladi.

Uzbekistan Airways’ning Amadeus innovatsion IT-yechimlaridan foydalanishi aviakompaniya yoʻlovchilariga va uning agentlik tizimiga kiruvchi hamkorlari uchun ustunlik yaratadi. Misol uchun, aviakompaniya yoʻlovchilarga oʻzlarining shaxsiy ehtiyojlariga mos keladigan marshrutni yaratishga yordam beradigan qoʻshimcha xizmatlarni (jumladan, oziq-ovqat, bagaj, havo kemasida joy tanlash va h. k.) taklif qilishni kengaytirishi mumkin. Bundan tashqari, yangi texnologiya sayohatchilarga paketli tariflar asosida takliflarning keng tanlovidan foydalanib, qulay variantlarni topish imkonini beradi.

Ilhom Mahkamov, Uzbekistan Airways Boshqaruv raisi: “Amadeus bilan shartnoma imzolanishi nafaqat aviakompaniya tarixida, balki Oʻzbekiston Respublikasining transport tizimida ham muhim bosqichdir. Sayohat uchun innovatsion texnologiyalar sohasidagi jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri bilan strategik hamkorlikka kirishar ekanmiz, biz Uzbekistan Airways brendini xalqaro maydonda mustahkamlaymiz va turizm hamda milliy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochamiz”.

“Uzbekistan Airways” AJ dunyoning yetakchi aviakompaniyalari va bosh aviatsiya alyanslari ishtirokchilarini oʻz ichiga olgan Amadeus mijozlar jamiyatining bir qismiga aylandi. Amadeus texnologiyalari aviakompaniyaning strategik maqsadiga erishishiga – Yevropa va Osiyo oʻrtasidagi qulay joylashuvdan foydalanib, yangi havo transporti markazini yaratishga yordam beradi.  Bundan tashqari, Amadeus IT-platformasidan foydalangan holda, Uzbekistan Airways mijozlarga xizmat koʻrsatishni jahon standartlari darajasida ta’minlay oladi, – deydi Svetlana Malyuk, Amadeus, Rossiya va MDH aviakompaniyalari bilan ishlash boʻyicha direktori. – Shunday qilib, sayohatchilar Amadeus Ticket Changer bilan sayohat rejalaridagi oʻzgarishlarni qulay tarzda boshqarish imkoniyatiga ega boʻladilar va dasturda uzilishlar boʻlsa, bu yechim aviakompaniya bilan hamkorlikni optimallashtirishga imkon beradi. Biz aviatashuvchining IT-infratuzilmasi va raqobatbardoshligini mustahkamlash orqali Oʻzbekiston va butun mintaqa havo transportini pandemiyada tiklashda ishtirok etishdan mamnunmiz”.

Aviakompaniya oʻz daromadlarini Amadeus yechimlaridan foydalanib, aviachiptalarni bron qilish va roʻyxatga olish, qoʻshimcha xizmatlarni oflayn va onlayn-kanallarda, oʻz savdo tarmogʻida yoki hamkorlar orqali oshirish imkoniyatiga ega boʻladi. Sayohat davomida yoʻlovchi real vaqt rejimida shaxsiy tavsiyalar, shuningdek, jadvaldagi oʻzgarishlar, joʻnash va boshqa xizmatlar haqida ma’lumot olishi mumkin boʻladi.

Joriy yilning noyabr oyi boshida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Amadeus Altea platformasiga oʻtishni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Keyingi qadam 2022-yilda Amadeus Revenue Management texnologiyasini joriy etish boʻladi. Amadeus Altea yechimlari majmuasi bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida joylashgan va turli biznes modellaridan foydalanadigan 120 ta aviakompaniyalarda, jumladan Lufthansa, British Airways, Air France, Cathay Pacific, Southwest, Air Baltic, S7, Ural Airlines tomonidan foydalanilmoqda.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling