Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways ikkinchi Airbus 330 samolyotini kutib oldi

2023 7 May
791
Ulashing

2023-yilning 7-may kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida ikkinchi Airbus 330 havo kemasini tantanali tarzda kutib olish marosimini o‘tkazdi.

Poytaxt aeroportida avialayner an’anaga ko‘ra suv arkasi bilan kutib olindi. Havo kemasini kutib olish uchun bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda Transport vazirligi, “Uzbekistan Airways” AJ rahbariyati va xodimlari, OAV vakillari hamda aviaspotterlar ishtirok etishdi.

2022-yilda Uzbekistan Airways 4 milliondan ortiq yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazib qo‘ydi. Havo kemalari parkini kengaytirish va yoʻnalishlar tarmogʻini ko‘paytirish boʻyicha vazifalarni bajarish konsepsiyasi doirasida Airbus 330 rusumidagi ikkita samolyotni lizingga olishga qaror qilindi.

Airbus A330 uzoq masofaga parvoz qiladigan samolyot hisoblanadi. Uning saloni 266 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, ulardan 18 tasi biznes-klass, 248 tasi esa ekonom-klass yo‘lovchilari uchun. Ushbu turdagi havo kemalari 12 000 km gacha bo‘lgan masofaga parvoz qila oladi, uzunligi 58,37 m, qanotlari esa 60,3 mni tashkil qiladi.

21-aprel kuni qabul qilingan Airbus 330 rusumidagi birinchi samolyot Toshkent – ​​Istanbul va Toshkent – ​​Dubay yo‘nalishlarida muntazam parvozlarni amalga oshirmoqda. Bu turdagi ikkinchi samolyot ham mazkur yo‘nalishlarda foydalanilishi rejalashtirilgan.

PDF-ni yuklab oling