Uzbekistan Airways London shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbek madaniyati va taomlari festivali”da rasmiy hamkor va aviatashuvchi sifatida ishtirok etdi.
Tadbir “Vatandoshlar” jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi hukumati ko‘magida tashkil etildi.
Festival mehmonlari mashhur Tauer ko‘prigi yaqinida joylashgan istirohat bog‘ida Buyuk Britaniyadagi o‘zbek diasporasi vakillari bilan uchrashib, sharqona mehmondo‘stlikni his qilibgina qolmay, Uzbekistan Airways qanotlarida Londondan Toshkentga sayohat qilish imkoniyati haqida ma’lumot oldilar. Bu yil festivalga tashrif buyurganlarning soni 60 mingga yetdi.