Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha loyihani amalga oshiradi

2023 16 Yanvar
Ulashing

“Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyati hamda odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishda 25 yillik jahon tajribasiga ega Winrock International tashkiloti bilan memorandum imzoladi. Xususan, aviakompaniya AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtirilgan “Markaziy Osiyoda xavfsiz migratsiya” loyihasi ishtirokchisiga aylandi.

2021-yilda Ichki ishlar vazirligiga odam savdosi bilan bog‘liq jami 840 ta murojaat kelib tushgan. Jabrlanuvchilarning soni 200 nafarni tashkil etib shulardan 120 nafar (60%) ayol jinsiy ekspluatatsiyasi (ulardan 11 nafari voyaga yetmaganlar), 33 nafar (8%) erkak mehnat ekspluatatsiyasi va 47 nafar (32%) bola chaqaloq savdosi qurboniga aylangan.  

Uzbekistan Airways’ning asosiy vazifasi yo‘lovchilar tashish xafsizligini ta’minlash. Shu sababli aviakompaniya Winrock International kompaniyasining hamkorlik taklifini qabul qildi. Ushbu dastur odam savdosining oldini olish, ushbu fojianing qurbonlarini himoya qilish va xavfsiz migratsiyani taʼminlashga qaratilgan.

Hamkorlik doirasida 2023-yilning birinchi choragida Winrock International vakillari Uzbekistan Airways aviakompaniyasining bortkuzatuvchilari va xodimlari uchun ularning xavfsiz migratsiya sohasidagi oʻrni, odam savdosining oldini olish, muammoning belgilarini, qurbonlarini aniqlash va unga qarshi kurashish choralari boʻyicha bir qator treninglar oʻtkazadi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi o‘zining 31 yillik faoliyati davomida xalqaro maydonda “Eng ishonchli aviatashuvchilardan biri” maqomini qo‘lga kiritdi. Bugungi kunda Uzbekistan Airways Yevropa, Osiyo va Amerikaning 40 dan ortiq shaharlariga parvozlarni amalga oshirmoqda. Haftasiga 250 dan ortiq reyslar, jumladan, Toshkentdan Nyu-Yorkka toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam qatnovlar amalga oshiriladi. Aviakompaniya oyiga oʻrtacha 300 000 dan ortiq yoʻlovchini o‘z manziliga yetkazmoqda.

PDF-ni yuklab oling