Aviakompaniyaning Moskva shahridagi vakolatxonasi kuz-qish turizm mavsumi boshlanishidan oldin Rossiyadagi asosiy ko‘rgazmalardan biri hisoblangan “ОТДЫХ Leisure” xalqaro turizm forum-ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.
Tadbir doirasida aviakompaniya xodimlari mahalliy biznes va turizm sohasi vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda, O‘zbekistondagi madaniy-tarixiy turizmning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berishmoqda, shuningdek, respublikamizga potensial sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.