Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways “O‘zbekiston-2030” strategiyasini qo‘llab-quvvatlaydi

2024 22 May
Ulashing

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan individual yondashuvga muhtoj va Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanidagi “Buloqboshi”, “Qang‘li”, “Qo‘rsoy” va “Chumchuqjar” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolar uchun Samarqand shahriga bir kunlik sayohat tashkil etildi.   

Tadbir ishtirokchilari ATR-72 havo kemasida Samarqand shahriga parvoz qilib, shaharning asosiy diqqatga sazovor bo‘lgan Go‘ri-Amir maqbarasi, Registon maydoni, Bibixonim maqbarasi, Shohi Zinda majmualari bo‘ylab sayohat qilish imkoniga ega bo‘ldi.

Mehmonlar temuriylar tarixi va qadimiy Samarqandni qamrab olgan afsonalar bilan ham tanishdilar.

Sayohat ishtirokchilari Toshkent aeroportiga yetib kelgach, Uzbekistan Airways rahbariyati bilan tantanali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi nomidan yordamga muhtoj bo‘lgan barchaga yordam berishga tayyormiz. Bugungi kun biz kelajakda amalga oshirishni rejalashtirgan ishlarimizning kichik bir bo‘lagi. Oldimizda hali ko‘p vazifalar turibdi, ammo boshlangan ishlar xalqimizga albatta foyda keltirishiga ishonaman. Bizga faqat ochiqlik va muloqotlar olib borishga tayyor bo‘lish kerak xolos”, – deydi “Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi Shuhrat Xudaykulov mahalla raislari va yoshlarga.

Uzbekistan Airways O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatining yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini takomillashtirishda faol ishtirok etmoqda. 

“O‘zbekiston-2030” strategiyasi mamlakatimiz va uning iqtisodiyoti taraqqiyot yo‘llarini belgilab beruvchi asosiy hujjatlardan biridir. Taraqqiyot strategiyasining asosiy maqsadlaridan biri yoshlar uchun qulay muhit yaratish. Strategiyada ta’lim tizimini takomillashtirish, yoshlar tashkilotlarini rivojlantirish, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va ularning kasbiy rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratish ko‘zda tutilgan. 

 

Uzbekistan Airways O‘zbekistondagi eng yirik aviakompaniya hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyati maqomiga ega. Uning aviaparkida Boeing 767/787, Airbus A320ceo/320neo/321neo/A330, L-410, ATR-72 kabi havo kemalar mavjud.

Yo‘nalishlar tarmog‘i va havo kemalar parkini doimiy ravishda kengaytirmoqda hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar darajasini yaxshilaydi. Parvoz xavfsizligi esa aviakompaniya uchun doimo ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.

Uzbekistan Airways muntazam, charter va yuk tashuvchi aviqatnovlarini hamda Uzbekistan Airways Express loukoster tizimi bo‘yicha ham parvozlarni amalga oshiradi.

Uzbekistan Airways tarkibiga “Uzbekistan Helicopters” MChJ, “Uzbekistan Airways Technics” MChJ, “Catering” MChJ, “O‘quv-mashq markazi” MChJ kabi kompaniyalar ham kiradi. 

 

PDF-ni yuklab oling