COVID-19 va boshqa yuqumli kasalliklarning tarqalishini, shuningdek, yoʻlovchilarning oʻzlarini noqulay xis qilishlarini kamaytirishni oldini olish maqsadida aeroportlarda va havo kemasi salonida burun va ogʻizni yopadigan niqob va boshqa himoya vositalarini taqishishingizni soʻraymiz. Emlangandan keyin ham niqobni ishlating. Agar yoʻlovchilar quyidagi koʻrsatmalarga rioya qilmasalar, aviakompaniya havo kemasiga chiqishni rad etishi mumkin:
- Boshqa yoʻlovchilar parvoz davomida havotirlanishi yoki noqulayliklarga duch kelishi mumkinligi sababli, barcha yoʻlovchilardan doimiy ravishda niqob taqishlarini soʻraymiz (kichik bolalar, jumladan, chaqaloqlar uchun qoʻllanilmaydi). Agar sizga niqob taqish mumkin boʻlmasa, yuz himoya ekranini va boshqalarni ishlatishingiz mumkin. Ovqatlanish vaqtida niqobni uzoq vaqt davomida olib tashlamaslikni va boshqa yoʻlovchilar bilan baland ovozda muloqot qilmasligingizni soʻraymiz;
- Agar yoʻlovchi noqulaylik tugʻdirsa yoki boshqa yoʻlovchilarni bezovta qilsa, aviakompaniya faoliyatiga toʻsqinlik yoki pandemiyaga qarshi qoidalarga rioya qilmasa, aviakompaniya yoʻlovchiga parvozni amalga oshirishni rad etishi mumkin;
- Samolyotga oʻtirayotganingizda va undan chiqib ketayotganingizda, yoʻlakda boshqa yoʻlovchilardan ijtimoiy masofani saqlayotganingizga ishonch hosil qiling.
Uzbekistan Airways yoʻlovchilar, ekipajning sogʻligʻi haqida qaygʻuradi va pandemiya sharoitida har bir parvozning qulay va xavfsiz oʻtishi uchun barcha sharoitlarni yaratadi.
Bizni toʻgʻri tushunganingiz va infeksiya tarqalishining oldini olishda hamkorlik qilayotganingiz uchun tashakkur bildiramiz.
Telegram: t.me/uzbekistanairways