Bugun Toshkent shahridagi Inha universitetida Okeaniya kolleji, Tjetzyang universiteti va Jungsok nomidagi xalqaro logistika va savdo Ilmiy-tadqiqot instituti (JRI) bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Makon va yoʻl tashabbusi” nomli 6-onlayn-konferensiya boʻlib oʻtdi.
Konferensiya doirasida “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruvi raisi Ilhom Maxkamov soʻzga chiqib, respublika transport tarmogʻi zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish, biznes-jarayonlarni takomillashtirish va avtomatlashtirishni, zamonaviy xalqaro amaliyotga mos yangi tashkiliy tuzilmaga oʻtishini, oʻz faoliyatida ilgʻor IT-tizimlar va texnologiyalardan foydalanishni, shuningdek, oʻz mutaxassislarining zamonaviy standartlarga muvofiq bilim darajasini oshirishni nazarda tutuvchi transformatsiya bosqichidan oʻtayotganini ta’kidladi.
Telegram: t.me/uzbekistanairways