Seoul International Travel Fair unda ishtirok etayotgan har bir davlatning turizmi va madaniyatini targ‘ib qilish uchun eng yirik keng qamrovli sayohat yarmarkasi hisoblanadi. SITF Koreyadagi yagona xalqaro ko‘rgazma bo‘lib, unda mahalliy va xorijiy nufuzli sayyohlik tashkilotlari qatnashadi hamda homiylik qiladi, qolaversa, o‘zaro tajriba almashish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytirish uchun zamin yaratadi.
Yarmarka davomida aviakompaniya vakillari Koreyaning Jeju Air aviatashuvchisi bilan muhim bo‘lgan tijoriy hamkorliklar bo‘yicha muzokaralar olib bordi, Janubiy Koreya bozorida Uzbekistan Airways brendini mustahkamlash bo‘yicha mahalliy ommaviy axborot vositalariga bir nechta intervyular berdi. Tashrif buyuruvchilar oʻrtasida mahalliy savdo agentlari tomonidan turli tanlovlar tashkil etilib unda Uzbekistan Airways’ning korporativ sovgʻalari oʻynaldi.