Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways Technics o‘zining tashkil topganining 100 yilligini nishonlamoqda

2024 12 Noyabr
Ulashing

Uzbekistan Airways Technics — "Uzbekistan Airways" aksiyadorlik jamiyatining tuzilmasiga kiruvchi, havo kemalari, dvigatellar va ularning qismlarini texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha asrga teng tajribaga ega bo‘limdir. 100 yil davomida 16 xodimli kichik ustaxonadan UAT Markaziy Osiyoning yetakchi aviata’mirlash korxonalaridan biriga aylandi.

alt

Bugun, 12-noyabr kuni, Uzbekistan Airways Technics o‘zining tashkil etilganining 100 yilligini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan Uzbekistan Airways rahbariyati, Transport vaziri Ilhom Mahkamov, transport prokurori Ikrom Narimov, o‘nlab yillar davomida korxonada mehnat qilgan faxriylar, mutaxassislar va aviakompaniya xodimlari ishtirokida tantanali tadbir o‘tkazildi.

alt

"Hayot uzunligidagi tarix" shiori ostida o‘tgan tadbirda Uzbekistan Airways Technics’ning uzoq yillar davomida korxonada yuqori professionallikni namoyon etgan eng yaxshi xodimlari taqdirlandi.

alt

"Uzbekistan Airways’dek katta oilaga ega ekanimizdan faxrlanaman va oldimizda turgan barcha vazifalarni sharaf bilan bajarishimizga ishonaman. Kelgusida biz yanada yuqori marralarga intilamiz. So‘nggi yillarda korxonamiz va umuman Uzbekistan Airways rivoji uchun ko‘p ishlar amalga oshirildi. Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning siyosati va hukumatimiz ko‘magi tufayli bugun biz yangi marralar va yutuqlarga tayyor yagona jamoa sifatida ishlamoqdamiz," — dedi Uzbekistan Airways boshqaruvi raisi Shuxrat Xudaykulov o‘z nutqida.

alt

Korxona jamoasiga o‘zining samimiy tabriklarini Uzbekistan Airways Technics MChJ direktori va Boshqaruv raisining ishlab chiqarish boʻyicha birinchi oʻrinbosari Umid Xusanov ham yo‘lladi. U barcha xodimlarga jasoratli mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirib, tinchlik, ravnaq va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat tiladi.

alt

Yubiley kunida tantanali tadbir ishtirokchilari korxonaning tashkil topgan yillarini, uning aviatsiya texnikasiga xizmat ko‘rsatish an'analari va yuqori malakali texnik kadrlar tayyorlashdagi yutuqlarini eslab o‘tishdi. Uzbekistan Airways Technicsni havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash sohasida dunyoda tan olingan yetakchilardan biriga aylantirgan yutuqlari qayd etildi. Tadbir yakunida mehmonlarni DJ Piligrim ijrosidagi konsert dasturi kutib oldi.

alt

Uzbekistan Airways Technics tarixi 1924-yil noyabr oyida "Dobrolyot" jamiyatida aviatsiya texnikasini ta’mirlash uchun dastlabki ustaxonalar ochilishi bilan boshlanadi. 1937-yilda ushbu jamiyat negizida Fuqarolik aviatsiyasining 243-sonli aviata’mirlash zavodi tashkil etildi. 2002-yilda zavod Uzbekistan Airways Technics aviata’mirlash korxonasiga aylantirildi. Hozirda bu yerda deyarli 2000 nafar mutaxassis mehnat qiladi va Uzbekistan Airways hamda boshqa aviakompaniyalar yo‘lovchilari uchun xavfsiz parvozlarni ta’minlashga intiladi.

alt

alt

alt

PDF-ni yuklab oling