Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways Urganch, Nukus va Buxoroga qo‘shimcha qatnovlarni joriy qiladi

2021 22 Dekabr
Ulashing

Uzbekistan Airways yangi yil bayram kunlari arafasida – 2021-yilning 29-dekabridan 31-dekabriga qadar Toshkentdan Nukus, Urganch va Buxoro shaharlariga qoʻshimcha qatnovlarni yoʻlga qoʻyadi.
Aviaqatnovlar quyidagi harakat jadvali bo'yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):
 
Toshkent-Buxoro-Toshkent yoʻnalishida 29-dekabr chorshanba kuni qoʻshimcha qatnov amalga oshiriladi.
Toshkentdan jo‘nab ketish 17:00, Buxoroga yetib kelish 18:10
Buxorodan jo‘nab ketish 18:50, Toshkentga yetib kelish 19:50
 
Toshkent-Nukus-Toshkent yoʻnalishida 29-dekabr va 31-dekabr kunlari qoʻshimcha reyslar amalga oshiriladi.
Toshkentdan jo‘nab ketish 13:10, Nukusga yetib kelish 14:50
Nukusdan jo‘nab ketish 15:30, Toshkentga yetib kelish 16:50
 
Toshkent-Urganch-Toshkent yoʻnalishida 29-dekabr va 31-dekabr kunlari qoʻshimcha reyslar amalga oshiriladi.

29 dekabr chorshanba:
Toshkentdan jo‘nab ketish 19:30, Urganchga yetib kelish 21:00
Urganchdan jo‘nab ketish 22:00, Toshkentga yetib kelish 23:20

31 dekabr juma:
Toshkentdan jo‘nab ketish 12:50, Urganchga yetib kelish 14:20
Urganchdan jo‘nab ketish 15:20, Toshkentga yetib kelish 16:40

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin. Eslatib o‘tamiz, aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali aviachipta xarid qilib olayotganda 3% chegirma taqdim etiladi.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling