«Uzbekistan Airways» AJ Yangi yil bayramiga bagʻishlab joriy yilning 2021-yil 31-dekabrdan 2022-yil 4-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab amalga oshirilayotgan ichki reyslar aviachiptalariga 30% dan 50% gacha chegirmalarni e’lon qiladi.
Chegirmalar Oʻzbekiston shaharlari oʻrtasidagi barcha qatnovlarga amal qiladi va quyidagi toifadagi yoʻlovchilar uchun taqdim etiladi:
– Yakka tartibdagi yoʻlovchilar 30%;
– Turistik guruhlar (5 va undan ortiq kishi), maktab oʻquvchilari, kollej, litsey, OTM talabalari, Oʻzbekiston Respublikasi IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ tizimlari talabalari va tinglovchilari va boshqa idoralar uchun 40%;
– Oila uchun 50% (2 va undan ortiq, ya’ni: eru-xotin va ularning 18 yoshdan oshmagan farzandlari, ota va uning 18 yoshdan oshmagan farzandlari yoki ona va uning 18 yoshdan oshmagan farzandlari);
– Nafaqaxoʻrlar uchun 50%;
– Nogironligi bor shaxslarga 50%;
– 1941-1945 yillar urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga 50%;
– 1941-1945 yillarda urush va mehnat frontida koʻrsatgan fidokorligi uchun orden va medallar bilan taqdirlanganlar uchun 50%;
– Chernobil AES halokati oqibatlarini oldini olishda ishtirok etgan ishtirokchilar uchun 50%.
Eslatma:
2 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga chegirmalardan 1 tasini qoʻllashga ruxsat beriladi. Bir nechta chegirmalarni birlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Yuqorida koʻrsatilgan chegirmalar chaqaloqlar va 2 yoshga toʻlmagan bolalar uchun amal qilmaydi. Aviachipta xarid qilayotganda tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari boʻlishi kerak.
Будьте в курсе всех новостей от Uzbekistan Airways
Telegram: t.me/uzbekistanairways