«Uzbekistan Airways» AJ xabar berishicha, meteorologik sharoit tobora yomonlashib borayotganligi (tuman, ko‘rishning yetarli darajada emasligi) munosabati bilan faqatgina 2021-yilning 30-dekabr kuni HY9620/Domodedovo-Namangan aviaqatnovi Domodedovo - Farg‘ona muqobil yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilishini ma’lum qiladi, HY9619/Namangan - Domodedovo qatnovi esa Farg‘ona shahridan amalga oshiriladi.
Quyidagilarni qo‘shimcha qilamiz:
HY-9620 qatnovining jo‘nab ketish vaqti soat 12:26 ga o‘zgartirildi.
HY-9619 qatnovining jo‘nab ketish vaqti esa soat 14:00 ga o‘zgartirildi.
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Namangan va Farg‘ona aeroportlari o‘rtasida transfer harakat tashkil etiladi.
To‘g‘ri tushunishingizga umid qilamiz!
Telegram: t.me/uzbekistanairways