Agar siz Uzbekistan Airways aviaqatnovida parvoz qilib yukingizni yo‘qotsangiz bagaj yo‘qolgan kuniyoq yetib borgan aeroportning yuklarni qidirish bo‘yicha “Lost and Found” bo‘limiga murojaat qiling va ariza bering. Yukingiz arizangiz berilgan kundan boshlab aeroport xodimlari tomonidan 21 kun ichida qidiriladi.
Toshkent aeroportining Yukni qidirish guruhi tomonidan olib borilayotgan izlanish ishlarining jarayoni haqida quyidagi telefon raqami orqali maʼlumot olishingiz mumkin:
+998 78 140 29 14
Yuk belgilangan vaqt ichida topilmasa, yo‘qolgan deb hisoblanadi. Bunday hollarda, siz yetkazilgan zararni qoplash uchun da‘vo arizasi berishingiz mumkin. Yukni tashish shartnomasi buzganligi haqidagi da‘vo arizalar quyidagilar orqali qabul qilinadi:
- “Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonalari, telefon raqamlari va elektron pochta manzillari quyidagi QR kod orqali keltirilgan; https://www.uzairways.com/ru/predstavitelstva-za-rubezhom
- “Uzbekistan Airways” AJ’ning bosh idorasi:
Toshkent shahar, 100060 “Amir Temur” shox ko‘chasi, 41-uy;
- Quyidagi elektron manzil: claim@uzairways.com
“Uzbekistan Airways” AJ da’vo arizasini ko‘rib chiqishi va qabul qilingan qaror to‘g‘risida yo‘lovchini ariza berilgan kundan e’tiboran 3 oy ichida xabardor qilishi lozim. Agar yukingiz ikki yoki undan ortiq aviatashuvchi tomonidan amalga oshirilgan aviaqatnovlarda yo‘qolgan bo‘lsa da’vo arizangiz 6 oy ichida ko‘rib chiqilib sizga xabar qilinadi.