Status ballarining vazifasi, to‘plash va amal qilish muddatlari
Statusli ballar ishtirokchining shaxsiy hisobida to‘planadi va ular ma’lum bir miqdoriy darajaga yetganda, ishtirokchiga SILVER yoki GOLD imtiyozli statusiga ega bo‘lish imkoniyatini beradi. Ishtirokchi tomonidan faol sovrinli ballardan foydalanish yoki ularning shaxsiy hisobdagi amal qilish muddatining tugashi, ushbu statusning o‘zgarishiga olib kelmaydi.
ESLATMA: Mazkur Qoidalar kuchga kirganidan so‘ng, statusli ballar joriy yilning 01-yanvaridan boshlab hisoblana boshlaydi.
“SILVER” statusining amal qilish muddati ishtirokchi 50 000 sovrinli ballarni to‘plagan vaqtdan boshlanadi.
“GOLD” statusining amal qilish muddati ishtirokchi 75 000 sovrinli ballarni to‘plagan vaqtdan boshlanadi.
Ishtirokchi tomonidan olingan “SILVER” yoki “GOLD” imtiyozli statusining amal qilish muddati tegishli ravishda 50 000 yoki 75 000 ballar to‘plangan vaqtdan boshlanadi va joriy yilning oxirigacha va joriy yildan keyingi yilgacha amal qiladi. Imtiyozli statusga ega bo‘lgan ishtirokchilar uchun status ballari har yilning 10-yanvarida nolga tenglashtiriladi va status ballari to‘plamining hisoblagichi ballarni qayta hisoblashni boshlaydi.
Status ballarini bekor qilinishi, mukofotli xizmatlarni olish uchun foydalaniladigan hisobdagi faol ballar soniga ta’sir qilmaydi.
Agar imtiyozli ishtirokchi o‘tgan yil uchun imtiyozli statuslardan biriga ega bo‘lish huquqini beradigan yetarli miqdordagi (50000/75000) status ballarini to‘plagan/tasdiqlagan bo‘lsa, u holda 10-yanvarda muddati o‘tgan status ballari bekor qilingandan so‘ng, navbatdagi boshqa imtiyozli statusga ega bo‘ladi. Agar yo‘lovchi o‘tgan yil davomida yetarli miqdordagi status ballarini to‘plamagan bo‘lsa, u holda uning statusi birinchi quyi darajaga tushiriladi.
Masalan, GOLD statusiga ega bo‘lgan holda, 75 000 balldan kam ballarni to‘plagan ishtirokchi SILVER statusi darajasiga tushiriladi. SILVER statusiga ega bo‘lgan holda, 50 000 balldan kam ballarni to‘plagan ishtirokchi PREMIUM statusi darajasiga tushiriladi.
Istisno tariqasida quyidagi holat:
- agar yo‘lovchi keyingi yilning 10-yanvariga qadar 12 oydan kamroq muddat ichida ishtirok etgan bo‘lsa, u holda joriy yil bo‘yicha uning status ballari nolga tenglashtirilmaydi va keyingi yil oxirigacha amal qiladi.