Umumiy qoidalar
Ushbu Qoidalar yo‘lovchilarni aviakompaniya qatnovlarini tanlashda sadoqatligi uchun rag‘batlantirish va mukofotlash vositasi bo‘lgan “UzAirPlus” dasturining (bundan keyingi matnlarda dastur deb yuritiladi) ishlash tartibini belgilaydi. Qoidalar AJ qatnovlari yo‘lovchilari - “UzAirPlus” dasturi ishtirokchilari, shuningdek, ushbu dasturning faoliyatini ta’minlash va qo‘llab-quvvatlash, “UzAirPlus” dasturi ishtirokchilariga tashuvlar sotuvini va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish majburiyatlariga ega bo‘lgan AJ bo‘linmalari uchun mo‘ljallangan.
Har bir Ishtirokchining ushbu qoidalardagi o‘zgarishlar bilan tanishishini ta’minlash to‘g‘risidagi xabarlar, shuningdek, ushbu Qoidalarning moslashtirilgan matni va ularga kiritilgan o‘zgartirishlar, kuchga kiritilgan kunidan kechiktirilmasdan, www.uzairways.com saytida (bundan keyingi matnlarda – AJ saytida) e’lon qilinishi kerak.
“UzAirPlus” dasturining faoliyatiga oid qoidalar AJ tomonidan ishtirokchilarni oldindan ogohlantirmasdan o‘zgartirilishi mumkin, shu jumladan, jamlangan ballarni hisoblash tartibiga o‘zgartirishlar kiritish, xizmat ko‘rsatish darajasini/statusini mukofot tariqasida oshirish, pasaytirish uchun zarur bo‘lgan ballarning amal qilish muddati, jamlangan mukofot ballaridan foydalanish uchun ruxsat etilgan xizmat ko‘rsatish darajasi/statusining amal qilish muddatini belgilash bilan cheklanmaydi. Shu bilan birga, “UzAirPlus” dasturining o‘zgarishlar kiritilishiga qadar dasturga kiritilgan va mukofotlar olish uchun yetarli ballarga ega bo‘lgan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, ular kuchga kirgan kundan e’tiboran yangi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Yangi/yangilangan qoidalar kuchga kirishiga qadar amalga oshirilgan parvozlar uchun mukofot ballarini hisoblash qoidalarning oldingi tahriri asosida amalga oshiriladi. Yangi qoidalar kuchga kirgandan keyin amalga oshirilgan parvozlar uchun belgilangan sovrinli ballar, yangi kiritilgan qoidalarga muvofiq hisobga olinadi.
Aviakompaniya tomonidan “UzAirPlus” dasturining faoliyati tugatilgan taqdirda, amaldagi qoidalariga muvofiq rasmiylashtirilgan va dastur faoliyatining amal qilish muddati tugashiga qadar yozib berilgan mukofotli aviachiptalardan, ularning amal qilish muddati davomida foydalanish mumkin.
Ishtirokchilarning Dasturda ishtirok etish bilan bog‘liq shaxsiy ma’lumotlaridan faqat Dasturda saqlanishi, ishlatilishi va qayta ishlanishi, shuningdek, dasturda ishtirok etish bilan bog‘liq axborot materiallaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirokchining shaxsan o‘ziga va dasturning hamroh-kompaniyalariga pochta orqali yuborish uchun foydalaniladi.
AJ dastur ishtirokchisidan ro‘yxatdan o‘tish vaqtida taqdim etilgan shaxsiy va aloqa ma’lumotlarini haqiqiy ma’lumotlarga muvofiqligini tasdiqlashni talab qilishi mumkin.
- “UzAirPlus” dasturi ishtirokchilari aviachiptada ko‘rsatilgan yo‘nalishning har bir haqi to‘langan segmenti bo‘yicha amalga oshirilgan parvozlar uchun sovrinli ballarini yig‘adilar. Ballar 250-hisob kodi mavjud bo‘lgan aviachiptaning parvoz kuponiga mos keladigan parvoz segmenti uchun hisoblanadi:
- AJning muntazam qatnovlariga;
- HY marketing tashuvchi hisoblangan qatnovlardagi aviachiptalarga;
- AJ operatsion tashuvchi hisoblangan kod-sher shartnomalari bo‘yicha amalga oshiriladigan qatnovlar aviachiptalarida, istisno tariqasida, marketing hamkorlarga tegishli joylar blokidan sotib olingan aviachiptalar.
Shuningdek:
- AJning muntazam qatnovlaridagi uchastkalariga rasmiylashtirilgan, Rossiya Transport Kliring palatasi (TKP), BSP va ARC blankalarida;
- AJning muntazam qatnovlaridagi uchastkalariga, Interlayn va SPA kelishuvlari bo‘yicha rasmiylashtirilgan hamkor-aviakompaniyalar blanklariga.
AJ joylar blokiga ega bo‘lgan, kod-sher kelishuvlari bo‘yicha amalga oshiriladigan AJ hamkor aviakompaniyalarining muntazam qatnovlariga mukofotli aviachiptalar, mukofotli xizmat ko‘rsatish darajasini va bepul bagaj tashish me’yorlarini oshirish - taqdim etilmaydi.
Ishtirokchining Dasturga kirishi va kelgusida unda ishtirok etishi ushbu Qoidalarning barcha talablariga roziligini tasdiqlaydi.
Atamalar, ta’riflar va qisqartmalar
Aviakompaniya (Tashuvchi) – xususiy yoki yollangan havo kemalarida yo‘lovchilar, bagaj, pochta va yuklarni tijorat tashuvlarini amalga oshiruvchi va amaldagi ekspluatant sertifikati va tashishni amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan avtotransport korxonasi.
Hamkor-aviakompaniyalar – “Uzbekistan Airways” AJ bilan Interlayn, Kod-sher, SPA shartnomalarini tuzgan aviakompaniyalar.
Faol ballar – Dastur ishtirokchisi tomonidan joriy sanadan boshlab oxirgi 36 oy ichida to‘plangan/xarid qilingan mukofot ballari, ular kerakli miqdorga yetganda, ishtirokchi tomonidan dastur qoidalarida nazarda tutilgan mukofotlarni olish uchun ishlatilishi mumkin.
Ballar – amalga oshirilgan parvozlar uchun taqdim etiladigan “UzAirPlus” dasturining hisob birliklari, dastur mukofotlarini olish va dasturda ishtirok etishning muayyan darajalariga (PREMIUM, SILVER, GOLD) erishilganligini tasdiqlash uchun foydalaniladi. Parvoz uchun hisoblangan ballar soni bron qilish klassiga va tashuv haqini to‘lash uchun qo‘llaniladigan e’lon qilingan tariflarga bog‘liq.
Interlayn (Interline) – hamkorlikda aviatashuvlar xizmatini amalga oshirish uchun rasmiylashtirilgan hisob-kitob hujjatlarini o‘zaro tan olish va imzolash orqali aviakompaniyalar o‘rtasida tuzilgan kelishuv.
Individual ishtirokchi - 16 yoshdan kichik bo‘lmagan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatga (pasport, ID karta) ega bo‘lgan har bir jismoniy shaxs “UzAirPlus” dasturining ishtirokchisi bo‘lishi mumkin.
Ishtirokchi kartasi – “UzAirPlus” dasturi ishtirokchisining familiyasi, ismi, shaxsiy hisob raqami, darajasi va statusi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan shaxsiy kartasi. Virtual karta raqamlari Ishtirokchining shaxsiy plastik kartasidagi raqamlar bilan bir xil bo‘ladi.
Korporativ ishtirokchi – yuridik shaxs, “UzAirPlus” dasturida menejer sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxs va tashkilot xodimlari, ular Business Dasturida korporativ ishtirok etish uchun belgilangan shart va qoidalarga muvofiq ishtirok etadilar.
“UzAirPlus” dasturi hamkori – o‘z mahsulotlarini/xizmatlarini sotishda “UzAirPlus” dasturi bilan birgalikda foydalanish va har bir hamkor tomonidan sotilgan o‘z mahsulotlari/xizmatlari uchun mukofot ballarini hisoblash to‘g‘risida aviakompaniya bilan shartnoma tuzgan - yuridik shaxs (tashkilot yoki korxona).
Marketing tashuvchi (Marketing Carrier) – kod-shering shartnomasi bo‘yicha hamkorlikda parvoz qilish uchun yo‘lovchi joylarini bron qiladigan va sotadigan hamda operatsion tashuvchi hisoblanmagan aviakompaniya. Shu bilan birga, marketing tashuvchisi o‘z kodi ostida joylar sotuvini amalga oshiradi va parvoz kuponida tashishni amalga oshiradigan aviakompaniyaning kodi ko‘rsatiladi.
Operatsion tashuvchi (Original Operating Carrier) – yo‘lovchilar tashiladigan qatnovlarni amalga oshiradigan asosiy tashuvchi.
Shaxsiy hisob yoki ishtirokchining hisobi – “UzAirPlus” dasturi ishtirokchisining hisobi, unga ishtirokchi tomonidan yig‘ilgan /sotib olingan parvozlar uchun bonus ballari to‘planadi va ushbu hisob orqali amalga oshirilgan amaliyotlar tranzaksiya tarixida qayd etiladi. Shaxsiy hisob raqami ishtirokchi kartasida ko‘rsatiladi va dasturdagi ishtirokchining identifikatori hisoblanadi.
Sovrinli ballar – “UzAirPlus” dasturi ishtirokchilariga ushbu dastur qoidalariga muvofiq amalga oshirilgan har bir parvoz uchun taqdim etiladigan ballar, kerakli miqdorni tashkil etganda, ulardan dastur qoidalarida nazarda tutilgan mukofotlarni olish uchun foydalanish mumkin
“UzAirPlus” dasturi mukofotlari - dastur ishtirokchisiga mukofot olish uchun zarur bo‘lgan ma’lum miqdordagi sovrinli ballarini to‘plashda taqdim etiladigan qo‘shimcha xizmatlar.
Imtiyozlar - Dastur ishtirokchilariga Dasturda ishtirok etish natijasida erishilgan statuslariga muvofiq taqdim etiladigan qo‘shimcha rag‘batlantirishlar, imtiyozlar, mukofotlar va/yoki xizmatlar.
“UzAirPlus” dasturi - aviakompaniyaning tez - tez uchadigan yo‘lovchilari uchun mo‘ljallangan dastur, shuningdek, yo‘lovchilarni turli mukofotlar va bonuslar bilan, ushbu aviakompaniya yoki uning hamkorlarining xizmatlari, qo‘shimcha bepul bagaj tashish me’yorlari, yuqori darajadagi qulayliklarga ega zallarda xizmat ko‘rsatish, qatnovlar uchun bepul chiptalarga ega bo‘lish, aeroportda xizmat ko‘rsatishda turli ustuvorliklarni taqdim etish yoki boshqa mukofotlarni taqdim etish bilan rag‘batlantirish.
“Uzbekistan airways” qatnovlari - “Uzbekistan airways” aviakompaniyasining e’lon qilingan jadvalga muvofiq amalga oshiradigan muntazam qatnovlari.
“Family” oilaviy dasturi - “UzAirPlus” dasturining bo‘limi – dasturda shaxsiy hisobga ega bo‘lgan yo‘lovchilarga “Family” oilaviy dasturida hisob ochish va oila a’zolarini hisob qatnashchilari ro‘yxatiga kiritish orqali unda ishtirok etish shaklini o‘zgartirish va dastur qoidalariga muvofiq taqdim etiladigan imtiyozlardan foydalanish.
Ishtirokchi statusi – dastur ishtirokchisi tomonidan erishilgan va tez-tez uchishga/miqdorga, yo‘nalish qatnovlari va tariflarga bog‘liq bo‘lgan imtiyozlar to‘plamining mavjudlik darajasi.
Status ballar - ishtirokchining dasturda ma’lum bir statusga ega bo‘lgan huquqini olish yoki tasdiqlash va bunday statusga muvofiq keladigan imtiyozlarni olish imkoniyatini beradigan ballar miqdori.
TKP (Rossiya Transport Kliring Palatasi) - TKP tomonidan sertifikatlangan agentlarning savdo huquqlarini boshqarish, yo‘lovchi tashish va qo‘shimcha xizmatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini tashkil etish, sotilgan tashuvlar uchun agentliklar va aviatashuvchilar o‘rtasida TKPga tegishli neytral tashish hujjatlarining shaklida rasmiylashtirilgan hisob-kitoblarni ta’minlaydigan tashkilot.
Tranzaksiya - dastur ishtirokchisining shaxsiy hisobidagi ballarni hisoblash yoki hisobdan chiqarish amaliyotlari.
Gold darajasi – “UzAirPlus” dasturi ishtirokchilari uchun qo‘shimcha imtiyozlar olish huquqini beruvchi imtiyozli status.
Premium darajasi - “UzAirPlus” dasturida ishtirok etishning boshlang‘ich darajasi.
Silver darajasi - “UzAirPlus” dasturi ishtirokchilari uchun qo‘shimcha imtiyozlar olish huquqini beruvchi imtiyozli status.
“UzAirPlus” dasturi Ishtirokchilari yoki Ishtirokchilar - muntazam AJ qatnovlarida parvoz etadigan va dasturda ro‘yxatdan o‘tgan yo‘lovchi(lar).
ARC (Airline Reporting Corporation) – neytral shakllardagi blanklardan foydalangan holda, sayyohlik agentliklari tomonidan turli aviakompaniyalarning tashuvlari bo‘yicha sotuvni tartibga solish va qayta ishlash hamda AQSh, Puerto-Riko, AQSh Virjiniya orollari va Amerika Samoa hududlarida faoliyat yuritishni ta’minlaydigan aviatashuvlarni sotish tarmog‘i hamda aviakompaniyalar va agentlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar tizimi.
BSP (Billing Settlement Plan) - neytral shakllardagi blanklardan foydalangan holda, sayyohlik agentliklari tomonidan turli aviakompaniyalarning tashuvlari bo‘yicha sotuvlarni tartibga solish va qayta ishlash hamda ARC tizimining faoliyati zonasidan tashqarida bo‘lgan mamlakatlar hududida faoliyat yuritishni ta’minlaydigan aviatashuvlarni sotish tarmog‘i va aviakompaniyalar hamda IATA tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan va sertifikatlangan agentlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar tizimi.
Kod-sher - shartnoma, unga muvofiq, operator-tomon (asosiy tashuvchi) birgalikda amalga oshiriladigan qo‘shma qatnovlarda (Code Share reyslarida) hamkor-tomonga (marketing tashuvchisi) joy bloklarini o‘zaro almashish asosida yoki erkin sotish shartlari asosida Marketing tashuvchisining o‘z kodi ostida tashuvlarni sotish huquqini beradi (free sale).
SPA (Special Prorate Agreement) - ikki tashuvchi o‘rtasida ikkala tashuvchining uchastkalarini o‘z ichiga olgan yo‘nalishlarda tariflarni belgilash bo‘yicha maxsus kelishuv.