Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

UzAirPlus Umumiy qoidalar.

Ulashing

“UzAirPlus” dasturi - AJ "Uzbekistan airways" tez-tez uchadigan yo‘lovchilarini rag‘batlantirish dasturi.

Mazkur qoidalar “UzAirPlus” dasturining barcha ishtirokchilariga istisnosiz joriy etiladi. Ishtirokchining Dasturga kirishi va kelgusida qatnashishi ushbu Qoidalarning barcha talablariga roziligini tasdiqlaydi.

Mazkur qoidalar Dasturga tegishli bo‘lgan avvalgi barcha qoidalarning o‘rnini bosadi.

Ishtirokchilarning Dasturda qatnashishga tegishli shaxsiy ma’lumotlari Dastur ishlashi va Dasturda qatnashish bilan bog‘liq axborot materiallarining pochta orqali bevosita Ishtirokchining o‘ziga va hamkor kompaniyalarga tarqatilishini amalga oshirish maqsadida saqlanadi, ma’lumotlar ustida ishlanadi va ulardan foydalaniladi.

“UzAirPlus” dasturiga ro‘yxatga olish va qatnashish bepul.

Ishtirokchining shaxsiy va oilaviy hisobi kabi ularga hisoblangan ballarni ham boshqa shaxslarga berish, sovg‘a yoki vasiyat qilish mumkin emas.

Mazkur qoidalar aviakompaniya tomonidan avvaldan ogohlantirishsiz o‘zgartirilishi mumkin. Bunda, dasturga shunday o‘zgartishlar kiritilgunga qadar kirgan va mukofotlar olish uchun yetarli miqdordagi ballarga ega bo‘lgan “UzAirPlus” dasturining yo‘lovchi-ishtirokchilariga xizmat ko‘rsatsh yangi qoidalarga muvofiq ular e’lon qilingan kundan boshlab amalga oshiriladi.

Aviakompaniya xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, pasaytirish, xizmat ko‘rsatish darajasida, yig‘ilgan mukofot ballaridan foydalanish uchun ruxsat berilgan yo‘nalishlarda bo‘lishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan yig‘ilgan ballar miqdorini, ularni yig‘ish davrini qayta ko‘rib chiqish va istalgan vaqtda o‘zgartirish huquqini o‘zida qoldiradi.

Tez-tez uchadigan yo‘lovchilarni mukofotlash turlari.

Zona Uchish ketish Uchib kelish Ballar
1 Tashkent New York 10174
2 Tashkent Jakarta 6502
3 Tashkent Tokyo 6027
3 Tashkent Bangkok 4280
3 Tashkent Frankfurt 4688
3 Tashkent Singapore 5625
3 Tashkent Kuala Lumpur 5362
3 Tashkent London 5262
3 Tashkent Milan 4798
3 Tashkent Paris 5136
3 Tashkent Rome 4662
3 Tashkent Seoul 4830
3 Tashkent Munich 4510
3 Tashkent Phuket 4656
4 Tashkent Beijing 3933
4 Samarkand Istanbul 3212
4 Tashkent Istanbul 3364
4 Tashkent Riga 3638
4 Tashkent Minsk 3373
4 Tashkent Tel Aviv 3221
4 Tashkent Jeddah 3577
5 Tashkent Dubai 3300
5 Tashkent Sharjah 3271
5 Tashkent Tbilisi 2042
5 Tashkent Mumbai 2488
6 Tashkent Lahore 1170
6 Tashkent Amritsar 1168
6 Tashkent Delhi 1577
6 Tashkent Urumchi 1528
7 Tashkent Dushanbe 316
Zona Uchish ketish Uchib kelish Ballar
3 Tashkent Khabarovsk 5088
3 Tashkent Vladivostok 5009
4 Tashkent Kaliningrad 3836
4 Tashkent St. Petersburg 3384
4 Andijan Moscow 3032
4 Fergana Moscow 3025
4 Fergana St. Petersburg 3586
4 Namangan St. Petersburg 3526
4 Andijan St. Petersburg 3586
4 Termez St. Petersburg 3637
4 Termez Moscow 3031
4 Samarkand St. Petersburg 3400
4 Karshi St. Petersburg 3424
5 Bukhara Moscow 2660
5 Bukhara St. Petersburg 3268
5 Fergana Kazan 2385
5 Tashkent Kazan 2187
5 Tashkent Krasnodar 2482
5 Tashkent Volgograd 2111
5 Tashkent Min. Vody 2167
5 Tashkent Rostov on Don 2423
5 Tashkent Voronezh 2560
5 Tashkent Moscow 2813
5 Tashkent Sochi 2417
5 Tashkent Krasnoyarsk 2362
5 Karshi Moscow 2818
5 Namangan Moscow 2967
5 Navoi Moscow 2668
5 Nukus Moscow 2224
5 Urgench Moscow 2285
5 Urgench St. Petersburg 2904
5 Samarkand Moscow 2805
5 Samarkand Kazan 2224
6 Tashkent Ekaterinburg 1842
6 Tashkent Novosibirsk 1827
6 Tashkent Samara 1956
6 Tashkent Tyumen 1786
6 Tashkent Ufa 1793
6 Tashkent Nur-Sultan 1115
6 Tashkent Baku 1623
6 Namangan Yekaterinburg 1932
6 Namangan Novosibirsk 1772
6 Urgench Volgograd 1477
7 Tashkent Almaty 670
7 Tashkent Bishkek 468

Uchish ketish

Uchib kelish

Ballar

Tashkent

Andijan

260

Tashkent

Bukhara

445

Tashkent

Fergana

223

Tashkent

Karshi

399

Tashkent

Namangan

189

Tashkent

Navoi

378

Tashkent

Nukus

712

Tashkent

Samarkand

263

Tashkent

Termez

483

Tashkent

Urgench

737

Andijan

Urgench

997

Bukhara

Andijan

682

Namangan

Urgench

926

Fergana

Nukus

873

Urgench

Bukhara

394

**Respublika ichidagi qatnovlarga mukofot aviachiptalari rasmiylashtirilmaydi.

Haqi toʻlangan bronlash klassi Bronlash klasslari 1 km parvoz uchun toʻplangan ballarga qoʻllaniladigan koeffitsiyent
Biznes klass C 1,5
D 1.4
Iqtisodiy klass Y,B 1,0
M,K 0,9
T,V,S 0,8
O,U,H,E,N,Q,L 0,7
Guruhlar uchun tariflar boʻyicha (GV)   0,5
Dasturning oilaviy Family darajasidagi qatnashchilarning hisobiga yoziladigan parvozlar uchun Tegishli bronlash klassidan 0,75

“Uzbekistan airways” AJ reyslarida mukofot parvozlarini olish uchun zarur bo‘lgan ballar

  Zona Xizmat ko‘rsatish klassini oshirish Sovrinli aviachipta
Y dan С gacha OW/RT Iqtisodiy klassOW/RT

Biznes klass OW/RT

Tashkentdan - New-Yorkga 1 45000/ 90000 90000/ 160000 135000/ 230000
Toshkentdan - Jakartaga 2 37500/ 75000 70000/ 120000 110000/ 170000

Tashkentdan - Bangkokga, Frankfurtga, Kuala-Lumpurga, Londonga, Milanga, Parisga, Rimga, Seoulga, Tokioga;

3 25000/ 50000 60000/ 100000 80000/ 120000

Tashkentdan - Pekinga, Istanbulga, Rigaga, Tel Avivga

Tashkentdan - Kaliningradga, St.Petersburgga

Tashkentdan - Minskga

Andijandan - Moskvaga, St.Peterburgga

Ferganadan - Moskvaga, St.Petersburgga

Namangandan - St.Petersburgga, Moskva

Samarkanddan - St.Petersburgga

Samarkanddan - Istanbulga

Karshidan - St.Petersburgga

Termezdan - Moskvaga, St.Petersburgga

4 15000/ 30000 40000/ 60000 50000/ 100000

Tashkentdan - Dubaiga, Sharjahga

Tashkentdan - Voronejga, Volgogradga, Kazanga, Krasnodarga, Min.Vodyga, Rostovga, Moskvaga, Sochiga, Krasnoyarskga

Toshkentdan - Tbilisiga

Bukharadan - Moskvaga, St.Petersburgga

Ferganadan - Kazanga

Karshidan - Moskvaga

Navoidan - Moskvaga

Nukusdan - Moskvaga

Urgenchdan- Moskvaga, St.Petersburgga

Samarkanddan - Moskvaga, Kazanga.

5 10000/ 20000 25000/ 40000 35000/ 70000

Tashkentdan - Amritsarga, Delhiga, Urumqiga

Tashkentdan - Nur-Sultanga, Ekaterinburgga, Novosibirskga, Samaraga, Tyumenga, Ufaga, Bakuga, Lahorga

Namangandan - Ekaterinburgga, Novosibirskga

6 7500/ 15000 20000/ 30000 25000/ 50000

Tashkentdan - Almataga, Bishkekga, Dushanbega

7 6000/ 12000 10000/ 20000 15000/ 30000

“UzAirPlus” dasturining yo‘lovchi-ishtirokchilarini mukofotlash quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:

• xizmat ko‘rsatish klassini mukofot tariqasida oshirish;

• mukofot aviachiptasini berish;

• bagajni bepul tashish me’yorlarini oshirish koʻrinishidagi  qo‘shimcha imtiyozlarni taqdim etish;

• O‘zR aeroportlariga/dan uchib ketish va kelishda /yo‘lovchi tranziti chog‘ida CIP zali orqali xizmat ko‘rsatish sifatidagi  qo‘shimcha imtiyozlarni taqdim etish;

Dastur ishtirokchilariga taqdim etiladigan xizmatlardan faqat AJ "Uzbekistan airways" muntazam qatnovlarining parvozlarida foydalanish mumkin.

 Shaxsiy dasturda ishtirok etish shartlari.

AJ "Uzbekistan airways" aviakompaniyasining qatnovlarida muntazam parvozlarni amalga oshiruvchi 16 yoshdan kichik bo‘lmagan har qanday jismoniy shaxs Dasturning individual ishtirokchisi bo‘lishi mumkin. Har bir Ishtirokchi uchun bitta Shaxsiy hisob ochiladi. Bitta hisobdagi ballar boshqa hisobdagi ballarga qoʻshilishi mumkin emas.

Dastur ishtirokchisining individual statusini belgilash tartibi.

Vaqtincha karta hisobida 5000 va undan ortiq ball yig‘ilganda, Dastur ishtirokchisi “PREMIUM” darajali karta ochadi.

“UzAirPlus” dasturida shaxsan ishtirok etish uchun 3 ta darajadagi plastik kartalar nazarda tutilgan:

• “PREMIUM” – 1-daraja

• “SILVER” – 2-daraja

• “GOLD” – 3-daraja

 

“Faol ballar” va “status ballari” nima?

“UzAirPlus” dasturida “faol ballar” va “status ballari” tushunchasi qo‘llanadi.

Ballarning faol miqdori – bu “UzAirPlus” dasturi ishtirokchisi mukofot aviachiptasini olishi va xizmat ko‘rsatish klassining mukofot tariqasida oshirilishi uchun ishlatishi mumkin bo‘lgan haqiqiy ballar miqdori.

Status ballari – bu Ishtirokchi tomonidan dasturda ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab yig‘ilgan ballarning umumiy miqdori. Turli darajalar hisobida bo‘lgan status ballari qo‘shimcha imtiyozlarni taqdim etish yo‘li bilan (4-jadval) dastur ishtirokchisiga xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish va Dasturning elita ishtirokchisi statusiga ega bo‘lish uchun ishlatiladi.

Daraja o‘zgarishi “UzAirPlus” dasturidagi mukofotlarni olish uchun ishlatiladigan umumiy ballar miqdoriga ta’sir etmaydi.

Sovrinli ballarni hisoblash shartlari.

Ballar aviakompaniyaning e’lon qilingan tariflariga muvofiq parvozlarning puli to‘langan uchastkalari va Ishtirokchining aviakompaniyaning muntazam qatnovlarida haqiqatan amalga oshirgan parvozlari uchun hisoblanadi.

“UzAirPlus” dasturining ishtirokchilari parvozlar uchun ballarni aviachiptada ko‘rsatilgan yo‘nalish hududlari bo‘yicha oladi. Ballar aviachiptaning har bir parvoz kuponiga tegishli har bir parvoz segmenti uchun faqat Uzbekistan airways qatnovlarida tashishlarni bajarish chog‘ida quyidagi aviachiptalar bo‘yicha hisoblanadi:

• 250 kodi mavjud bo‘lgan blankalarda rasmiylashtirilgan;

• Rossiya Transport Kliring palatasining (TKP) neytral blankalarida rasmiylashtirilgan;

• tashuvchining 250 kodi bo‘lgan BSP neytral blankalarida rasmiylashtirilgan;

• kod-sher kelishuvlari bo‘yicha hamkor-aviakompaniyalar qatnovlarida “Uzbekistan airways”ga tegishli joylar blokida tashish uchun rasmiylashtirilgan;

• kod-sher kelishuvlari, interlayn kelishuvlar va o‘zga aviakompaniyalarga tegishli blankalarda Uzbekistan airways muntazam qatnovlarida tashish shartnomasini tuzish imkonini beruvchi, tashish hujjatlarini o‘zaro e’tirof etish to‘g‘risida Uzbekistan airways boshqa turdagi kelishuvlari bo‘yicha o‘zga hamkor-aviakompaniyalar blankalarida Uzbekistan airways qatnovlarida tashish uchun rasmiylashtirilgan.

“UzAirPlus” dasturida xizmat ko‘rsatish klassini bepul oshirishdan foydalanilgan parvoz uchun ballar yo‘nalishining to‘lov amalga oshirilgan uchastkalari uchungina va to‘lov amalga oshirilgan xizmat ko‘rsatish klassiga muvofiq hisoblanadi.

Chipta quyidagicha rasmiylashtirilgan bo‘lsa, ballar hisoblanmaydi:

• Charter qatnoviga;

• Bepul aviachiptalar bo‘yicha;

• Har qanday chegirma yoki imtiyoz qo‘llanilgan chiptalar bo‘yicha, DC chegirmasidan tashqari.

Ballar, shuningdek, foydalanilmagan chiptalar va yaroqlilik muddati o‘tib ketgan foydalanilmagan chiptalar uchun hisoblanmaydi. Ballar hisoblanmaydigan tariflar ro‘yxati o‘zgarishi mumkin.

Har bir Ishtirokchi pasport ma’lumotlari, manzili, telefon raqami va boshqa ma’lumotlar o‘zgargani to‘g‘risida "Uzbekistan airways" aviakompaniyasini o‘z vaqtida xabardor qilish uchun javobgardir. Ishtirokchi aviachiptalarida ko‘rsatilgan pasport ma’lumotlari va dasturda ro‘yxatga olingan pasport ma’lumotlari mos kelmagan holda aviakompaniya ishtirokchi tomonidan ma’lumotlari o‘zgargan pasportning asl nusxasi taqdim etilgunga qadar ishtirokchi hisobiga sovrinli ballarni hisoblashni rad etish huquqiga ega.

Dastur ishtirokchisining shaxsiy hisobiga sovrinli ballarni hisoblash muddatlari.

Ballarni shaxsiy hisobga tegishli tartibda o‘z vaqtida hisoblash uchun Ishtirokchi “Ishtirokchi kartasi”ni taqdim etishi, yoki aviachiptani bronlashda va to‘lovni amalga oshirishda o‘zining shaxsiy hisobi raqamini aytishi, yoxud Uzbekistan airways onlayn bronlash tizimi saytida aviachipta yoki xizmatlarni bronlash chog‘ida o‘zining shaxsiy hisobi raqamini shaxsan kiritishi lozim.

Shaxsiy hisobga ballarni hisoblash uchun “UzAirPlus” dasturi ishtirokchilari amalga oshirilgan parvozdan so‘ng aviachiptalarining yo‘lovchi kuponlarini (yoki ularning nusxalari) va/yoki posadka talonlarini saqlab qo‘yishi kerak. Elektron aviachipta mavjud bo‘lgan holda uning raqami, sanasi va yoʻnalishini ma’lum qilish lozim.

Ballar yo‘lovchi dasturda ro‘yxatga olingan sanadan so‘ng amalga oshirilgan parvozlar uchun hisoblanadi.

Amalga oshirilgan parvoz uchun qoʻshib boriladigan bonus ballar miqdori parvoz masofasiga, qoʻllaniladigan mukofotlash hududiga bogliq boʻladi va ushbu Qoidalarga muvofiq aniqlanadi.

Bronlash klassi, toʻlangan tarif va qatnashish darajasiga qarab, bonus ballarni qoʻshib borish oʻrnatilgan koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda amalga oshiriladi.

 

Ishtirokchi “UzAirPlus” dasturida ro‘yxatga olingan sanagacha 90 kundan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida bajarilgan "Uzbekistan airways" AJning bitta muntazam qatnovi uchun ballarni hisoblash imkoniyati Dasturda nazarda tutilgan. Ushbu parvoz hisobga olinishi uchun ishtirokchi a’zolik anketasini to‘ldirish chog‘ida shunday parvoz bajarilgani fakti to‘g‘risida ma’lum qilishi va yo‘nalishning har bir uchastkasi uchun yo‘lovchi kuponi yoki posadka talonining asli yoki nusxasini taqdim etishi lozim.

Ishtirokchining bronlash yoki aviachipta uchun pul to‘lash chog‘ida noto‘g‘ri ko‘rsatilgan yoki kiritilgan shaxsiy hisob raqami qatnovga ro‘yxatga olish vaqtida tuzatilishi yoki o‘zgartirilishi mumkin emas. Nomuvofiqliklarni tekshirish va bartaraf etish uchun yo‘lovchi Tez-tez uchadigan yo‘lovchilar xizmatiga murojaat etishi mumkin.

Yo‘lovchi kuponlari va/yoki posadka talonlari yoxud elektron aviachipta yo‘nalish kvitansiyasi nusxalari bo‘lmagan taqdirda, AJ "Uzbekistan airways" dastur ishtirokchisining hisobiga sovrinli ballarni hisoblashga kafolat bermaydi. Yo‘lovchi kuponlari, posadka talonlari yoxud elektron aviachipta yo‘nalish kvitansiyasi taqdim etilmaganda - ishtirokchilar e’tirozlari qabul qilinmaydi.

Hisobga olinmagan parvozlar uchun ballarni tiklash.

Hisobga olinmagan parvoz aniqlangan taqdirda dastur ishtirokchisi tegishli parvoz hujjatlarining (chipta va posadka talonlari) asli yoki nusxalarini ushbu qatnov bajarilgan vaqtdan 12 oydan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida, ammo Dasturda ishtirok etishi (ro‘yxatga olinishi) boshlangan sanagacha 90 kundan avval bo‘lmagan muddat ichida.

Tegishli tekshirishdan keyin, ishtirokchi tomonidan parvozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tiklanishi haqidagi ariza berilganidan so‘ng ma’lumot bir oydan kech bo‘lmagan muddat ichida tiklanadi.

Shaxsiy hisob holati to‘g‘risida ma’lumot.

Shaxsiy hisob holati to‘g‘risidagi ma’lumotni real vaqt rejimida Ishtirokchining shaxsiy kabinetida Aviakompaniya Saytida olish mumkin. Shaxsiy kabinetga kirish uchun “UzAirPlus” Ishtirokchisi kartasining (Ishtirokchining shaxsiy hisobi) raqamini va PIN kodni kiritish lozim.

Bartaraf etilishi Aviakompaniyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan texnik nosozliklar tufayli Ishtirokchining Saytga kirish imkoniyati bo‘lmaganda, hisob holati to‘g‘risidagi ma’lumotni bilish imkoniyati yoqligi uchun Aviakompaniya javobgar bo‘lmaydi.

Mukofot aviachiptalarini bronlash.

AJ "Uzbekistan airways" qatnovlaridagi quyidagi xizmat koʻrsatish klasslariga  mukofot aviachiptalari  bron qilinadi:

“P”  – Birinchi klass,

“Z” – Biznes klass,

“X” – iqtisod klassi.

AJ "Uzbekistan airways" qatnovlarida sovrinli  klasslardagi joylar soni cheklangan.

Aviakompaniya mukofot bronlash klassida joy yo‘q bo‘lgan taqdirda Dastur Ishtirokchisi ballaridan foydalanib mukofot tashuvini aniq sana va qatnovga bronlashni rad etish huquqini o‘zida qoldiradi.

Mukofot aviachiptasini rasmiylashtirish.

Mukofot olish huquqini beruvchi ballar  yig‘ilganda  dastur ishtirokchisi mukofot aviachiptasini olishi yoki unga xizmat ko‘rsatish klassi mukofot tariqasida oshirilishi mumkin.

Mukofot aviachiptasini olishni yoki xizmat ko‘rsatish klassini mukofot tariqasida oshirishni rasmiylashtirish “UzAirPlus” xizmati ofisi ishtirokchi hisobidagi faol (haqiqiy) ballarning zarur miqdori mavjudligini tasdiqlagandan so‘ng mumkin bo‘ladi.

Mukofot aviachiptasini yoki xizmat ko‘rsatish klassini mukofot tariqasida oshirilishini rasmiylashtirish Uzbekistan airways Vakolatxonalarining sotish ofislarida va O‘zR hududida Uzbekistan airways o‘z ofislarida amalga oshiriladi.

Mukofot aviachiptasini yoki xizmat ko‘rsatish klassini mukofot tariqasida oshirilishini rasmiylashtirish chog‘ida ko‘rsatilgan mukofotga tegishli faol ballar miqdori ishtirokchining shaxsiy hisobidan yechiladi. Hisobdan ballar yechilishi dasturning elita ishtirokchisi mavqeining saqlanishiga ta’sir etmaydi.

Klassni sovrinli oshirish, dastlab "B" klass darajasidan past bo‘lmagan tariflar bo‘yicha to‘langan aviachiptalar uchun amalga oshiriladi, qaytarib berilmaydigan va bagajsiz tariflar bundan mustasno.

Davlat yig‘imlari to‘lovi.

Mukofot chiptasini rasmiylashtirish chog‘ida, barcha belgilangan davlat, aeroport va boshqa yig‘imlar to‘lovi “UzAirPlus” dasturining yo‘lovchi-ishtirokchisi tomonidan amalga oshiriladi.

Dastur Ishtirokchisi e’lon qilingan davlat, aeroport va boshqa yig‘imlar to‘lovi uchun javobgardir.

Mukofot aviachiptasining amal qilish muddati.

Mukofot aviachiptasi parvozni amalga oshirish uchun olti oy davomida haqiqiy hisoblanadi.

Xizmat ko‘rsatish klassi mukofot tariqasida oshirilgan aviachiptaning amal qilish muddati xizmat ko‘rsatish klassi oshirilgan  tarifning amal qilish muddati bilan belgilanadi.

Mukofot aviachiptasi yoʻnalishining o‘zgarishi.

Uzbekistan airways muntazam qatnovlarida mukofot aviachiptasining tashish yoʻnalishini o‘zgartirishga aviachipta qayta rasmiylashtirilishi sharti bilan ruxsat beriladi. Bunda aviachipta qayta rasmiylashtirilishi uchun e’lon qilingan barcha yig‘imlar va boshqa zarur yig‘imlar undiriladi hamda, zarur bo‘lganda, Ishtirokchi hisobidan chiqarish yo‘li bilan yo‘nalishlar o‘rtasidagi ballar tafovuti to‘ldiriladi.

Aviakompaniyaning muntazam qatnovlari “UzAirPlus” dasturi uchun maxsus mukofot zonalariga birlashtirilgan. Mukofot aviachiptasining yo‘nalishning bir mukofot zonasi doirasida o‘zgartirilishi aviachiptani qayta rasmiylashtirish va Ishtirokchining shaxsiy hisobida tegishli o‘zgartishlarni (aviachipta yo‘nalishi va raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘zgartirilishi qismida) amalga oshirish yo‘li bilan bajariladi, bunda ishtirokchi tomonidan tegishli yig‘imlar to‘lanadi. Ishtirokchi mukofot aviachiptasining yo‘nalishini mukofot aviachiptasini rasmiylashtirish uchun ko‘proq miqdorda ballarni talab etuvchi zonada joylashgan boshqa yo‘nalishga ixtiyoriy ravishda o‘zgartirishi ishtirokchining shaxsiy hisobida zarur miqdorda ballar mavjud bo‘gan holdagina amalga oshiriladi, bunda ishtirokchi hisobidan ballarning zarur miqdori olinadi, ballar o‘rtasidagi tafovut to‘ldiriladi hamda yo‘nalishni o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan barcha yig‘imlar to‘lovi amalga oshiriladi.

Ishtirokchi tomonidan mukofot aviachiptasining yo‘nalishi mukofot aviachiptasini rasmiylashtirish uchun kamroq miqdorda ballarni talab etuvchi zonada joylashgan boshqa yo‘nalishga ixtiyoriy ravishda o‘zgartirilishi, ishtirokchining shaxsiy hisobiga kiritilgan o‘zgartishlar asosida, yo‘nalish o‘zgartirilib va ishtirokchi tomonidan zarur yig‘imlar to‘lanib, aviachiptani yangisiga qayta rasmiylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda dastlabki aviachiptani rasmiylashtirish uchun sarflangan ballar tafovuti qaytarilmaydi.

Mukofot aviachiptasida har qanday o‘zgartishni amalga oshirish aviachiptaning parvoz uchun amal qilishi muddati doirasidagina mumkin bo‘ladi.

Uchish sanasi majburiy oʻzgartirilganda, shuningdek yoʻlovchi kasalligi tufayli va bu tibbiy muassasa tomonidan tasdiqlanganda, qayta bronlash uchun yigʻimlar undirilmaydi.

Mukofot aviachiptasini bekor qilish.

Sovrinli aviachipta yoki xizmat ko‘rsatish klassi mukofot tariqasida oshirilgan aviachipta bekor qilingan hollarda, yechilgan ballar qaytarilmaydi. Barcha foydalanilmagan belgilangan davlat, aeroport yig‘imlari va boshqa yig‘imlar yo‘lovchiga belgilangan tartibda qaytariladi.

Mukofot aviachiptasi uchun yechib olingan sovrinli ballar qaytarilmaydi. Tashuvchi harakatlari bilan bog‘liq fors-major vaziyatlari bo‘yicha mukofot aviachiptasini qaytarish holatlari bundan mustasno. Bunday holatlarda va yo‘lovchi tanlovi bo‘yicha quyidagilar amalga oshiriladi:

• ko‘rsatilgan holatlar uchun aviakompaniyaning nazarda tutilgan amaldagi qoidalariga muvofiq yo‘lovchi aviachiptasini qayta bronlash va amal qilish muddatini uzaytirish, bunda yo‘lovchidan qayta bronlash uchun yig‘im va jarimalar undirilmaydi, yoki;

• bir mukofot zonasi doirasida yo‘nalishni o‘zgartirish yo‘li bilan mukofot aviachiptasini qayta rasmiylashtirish, bunda yo‘lovchidan aviachiptani qayta rasmiylashtirish uchun yig‘im va jarimalar undirilmaydi, yoki;

• mukofot aviachiptasini bekor qilish va yo‘lovchiga davlat, aeroport yig‘imlari va boshqa yig‘imlar sifatida to‘langan summalarni qaytarish, bunda yo‘lovchi hisobidagi mukofot aviachiptasini rasmiylashtirish uchun ishlatilgan faol ballar tiklangan holda har qanday jarima yig‘imlari ushlab qolinmaydi. Bunday tiklangan ballarning amal qilish muddati uzaytirilmaydi.

“UzAirPlus” dasturi ishtirokchisi kartasining yo‘qolishi.

Yo‘lovchi tomonidan “UzAirPlus” dasturi ishtirokchisining doimiy kartasi yo‘qotilganda, u “UzAirPlus” xizmati yoki Uzbekistan airways vakolatxonasiga ariza bilan murojaat qilishi shart, u yerda unga karta dublikati beriladi. Plastik karta dublikatini rasmiylashtirish chog‘ida kartochka yo‘qolgani uchun jarima sanksiyasi sifatida Dastur ishtirokchisi hisobidan 1500 ball yechiladi.

Hisob holatini kuzatib borish va kartalar darajasining o‘z vaqtida oshirilishini nazorat qilish “UzAirPlus” xizmati va Uzbekistan airways vakolatxonalari tomonidan bevosita yo‘lovchilar murojaat qilganda amalga oshiriladi. Uzbekistan airways vakolatxonasi tomonidan Ishtirokchi hisobi detallarini o‘zgartirish zarurati aniqlanganda, Vakil tegishli o‘zgartishlar kiritish uchun “UzAirPlus” xizmatini xabardor qiladi.

Dastur ishtirokchisi hisob holatini hisoblashga taqdim etilgan ma’lumot uchun shaxsan javobgar va aviakompaniya sayti orqali yig‘ilgan ballarning amal qilish muddatini mustaqil ravishda kuzatib boradi.

To‘liq mukofot aviachiptasi yoki xizmat ko‘rsatish klassining mukofot tariqasida oshirilishi uchun sovrinli ballar hisoblanmaydi.

Xizmat ko‘rsatish klassining mukofot tariqasida oshirilishi yo‘lovchi hoxishiga ko‘ra faol ballarning yetarli miqdori mavjud bo‘lishi sharti bilan to‘lov amalga oshirilgan to‘liq yo‘nalish uchun, shuningdek, parvozning alohida uchastkalari uchun ham mumkin. Xizmat ko‘rsatish klassining mukofot tariqasida oshirilishini rasmiylashtirish yangi aviachiptani rasmiylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Shaxsiy hisob va yig‘ilgan sovrinli ballarning amal qilish muddati.

Agar ishtirokchi  haqiqatan amalga oshirgan va bu  hisobga olingan so‘nggi parvozi sanasidan keyin 18 oy davomida parvozlarni amalga oshirmasa, uning hisobi bekor qilinadi.

Yig‘ilgan sovrinli ballar ular hisoblangan parvoz bajarilgan vaqtdan boshlab 36 oy davomida haqiqiy hisoblanadi. Agar Dastur ishtirokchisi sovrinli ballarni ularning amal qilish muddati davomida ishlatmagan bo‘lsa, 36 oy avval bajarilgan parvozlar uchun berilgan ballar bekor qilinadi.

Bekor qilingan hisob va uning ma’lumotlari tiklanmaydi.