Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Yo‘lovchini zambilda tashish - yotgan yo‘lovchi

Ulashing

Tashish imkoniyatini ko‘rib chiqish uchun so‘rovnoma rejalashtirilgan parvoz etish vaqtidan 72 soat oldin yuborilishi kerak va tashish imkoniyati Aviakompaniya tomonidan tasdiqlangandan keyingina amalga oshirilishi mumkin.

Yo‘lovchini zambilda (STCR) tashish faqat aviakompaniyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslarida faqat Toshkentdan yoki Toshkentga kamida bitta katta yoshdagi shaxs hamrohligida amalga oshirilishi mumkin.

Yotgan yo‘lovchini tashish uchun zarur hujjatlar to‘plami:

  1. Yo‘lovchi va unga hamroh bo‘lganlarning pasporti.
  2. Ingliz, rus yoki o‘zbek tillarida tashxis qo‘yilgan tibbiy ma’lumotnoma.
  3. Kasalxona, tibbiyot muassasasi yoki davolovchi shifokor tomonidan parvoz etish sanasidan 7 kun oldin ingliz, rus yoki o‘zbek tillarida parvoz etish uchun berilgan (FIT TO FLY) ruxsatnoma.
  4. Parvoz uchun zarur bo‘lgan tibbiy jihozlar ro‘yxati.

Aviakompaniya havo kemasi jihozlarining texnik imkoniyati bo‘lmagan taqdirda yoki aviakompaniya tomonidan ko‘rsatilgan boshqa sabablarga muvofiq tashishni rad etishga haqli.

Aviakompaniya tomonidan yo‘lovchini zambilda tashish uchun zarur bo‘lgan tibbiy hamroh hamda qo‘shimcha jihozlar taqdim etilmaydi.

Xizmatni olish uchun www.uzairways.com veb-saytida, vakolatli sotuv agentliklarida yoki xorijdagi vakolatxonalarimizda ariza yozishingiz mumkin.

Muhim! Ba’zi xorijiy aeroportlarda yo‘lovchini zambilda ko‘tarish/tushirish va havo kemasida tashish uchun yo‘lovchining o‘zi tomonidan to‘lanadigan qo‘shimcha moddiy xarajatlar talab qilinishi mumkin.