Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Ishtirokchilarning sovrinli ballardan foydalanishi

Ulashing

“UzAirPlus” dasturining har bir ishtirokchisi yetarli miqdordagi sovrinli ballarni to‘plagan taqdirda, mukofotli aviachipta yoki xizmat ko‘rsatish klassini mukofot tariqasida oshirish  shaklida mukofotlar olish huquqiga ega.

Ishtirokchi tomonidan to‘plangan yoki hisobga olingan yetarli miqdordagi sovrinli ballarga ega bo‘lish, talab qilingan sanada X/Z klasslarida joylar uchun belgilangan kvotalar mavjud bo‘lmagan holatlarda, mukofotli xizmat taqdim etilishini kafolatlamaydi.

Mukofotli aviachiptalar va mukofot tariqasida xizmat ko‘rsatish klassini oshirish bilan rasmiylashtirilgan aviachiptalar faqat “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasining xususiy muntazam qatnovlari uchun taqdim etiladi. Xorijiy aviakompaniyalar tomonidan interlayn kelishuvlari yoki Kod sher kelishuvlari doirasida amalga oshiriladigan qatnovlar uchun mukofotli aviachiptalarni rasmiylashtirish amalga oshirilmaydi.

Mukofot tariqasida xizmat ko‘rsatish klassini oshirish quyidagi aviachiptalar bo‘yicha rasmiylashtirilmaydi:

  • NB/-LT/-1P tariflari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishlar;
  • “Promotion” tariflari (L, U, S, O, P, R) bo‘yicha rasmiylashtirilgan aviachiptalar bo‘yicha;
  • Q-/W-/E-/N-/H- bronlash klasslari bo‘yicha to‘g‘ridan- to‘g‘ri yo‘nalishlar;
  • SPA tijorat shartnomalari doirasidagi to‘g‘ridan- to‘g‘ri tariflari bo‘yicha;
  • Interlayn kelishuvlari bo‘yicha uchastkali tariflar bilan rasmiylashtirilgan aviachiptalar;
  • Xorijiy aviakompaniyalar qatnovlari uchun Interlayn kelishuvlari doirasida rasmiylashtirilgan aviachiptalar;  
  • Kod-sher kelishuvlari doirasida rasmiylashtirilgan aviachiptalar. 

Xarid qilib olingan aviachiptaning barcha uchastkalari uchun mukofot tariqasida xizmat ko‘rsatish klassini oshirish uchun ruxsat beriladi, ushbu qoidalarning yuqori bandida belgilangan shartlar bundan mustasno, tashish boshlanishidan oldin ham va keyin ham. Har bir uchastkaning narxi alohida belgilanmagan, lekin umumiy yo‘nalishning narxi ko‘rsatilgan aviachiptalar uchun xizmat ko‘rsatish klassini butun yo‘nalish bo‘yicha oshirish mumkin emas va faqat qiymati ko‘rsatilgan yo‘nalish uchun amalga oshirish mumkin.

Mukofot aviachiptasi taqdim etilganda, yo‘lovchi tanlagan yo‘nalish bo‘yicha mukofot chiptasini olishi uchun zarur bo‘lgan ballar soni ishtirokchining shaxsiy hisobidan yechib olinadi. AJ parvoz yo‘nalishlari parvozlar yo‘nalishlariga qarab zonalarga bo‘linadi. Respublika ichidagi yo‘nalishlar uchun 1-sonli zona belgilangan. Ikkinchi va undan keyingi zonalar parvoz masofasining kilometriga qarab xalqaro yo‘nalishlar uchun taqsimlanadi. Hisobdan chiqarish uchun zarur bo‘lgan mukofot ballari soni “Uzbekistan Airways”AJ reyslariga aviachiptalarni olish uchun mukofot ballaridan foydalanish” Ilovasida belgilangan.

Mukofotli aviachiptani rasmiylashtirish uchun quyidagi mukofotli bronlash klasslari o‘rnatilgan:

  • “Z” klass – biznes-klass salonida joylarni bron qilish;
  • “X” klass – ekonom klass salonida joylarni bron qilish.

“Z” va “X” bronlash klasslari uchun joylar soni har bir qatnovda parvozlarni amalga oshiradigan havo kemalarining turiga, mavsumiylikka va yo‘lovchilar talabiga ta’sir qiluvchi boshqa omillarga qarab belgilanadigan kvota bilan cheklanadi.

Bo‘sh joylar mavjud bo‘lgan holatlarda, parvozdan kamida 24 soat oldin, iqtisodiy maqsadga muvofiq kelishini hisobga olgan holda, “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi tegishli klassdagi joylar bo‘yicha mukofotli kvotalarini oshirish huquqiga ega.

Aviakompaniya ma’lum bir sana va qatnovga mukofotli bronlash klassida joylar mavjud bo‘lmagan holatlarda, mukofotli aviatashuvlarni bron qilishni rad etish huquqiga ega.

Mukofotli aviachiptalarni yoki xizmat ko‘rsatish klassini mukofot tariqasida oshirish bilan aviachiptalarni rasmiylashtirishda, e’lon qilingan davlat, aeroport va boshqa barcha belgilangan yig‘imlar ishtirokchi tomonidan to‘lanishi kerak.

“Uzbekistan Airways”AJ mukofot chiptalarini rasmiylashtirishda, foydalanish uchun taqdim etiladigan mukofot ballarining sonini bir tomonlama tartibda o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Aviakompaniya parvozlarni amalga oshirishning yangi yo‘nalishlarini ochganda, mukofot ballarining bazaviy soni A-ilovasida belgilangan kilometr va parvoz zonalari asosida hisoblanadi.

Mukofotli aviachiptani rasmiylashtirish, xizmat ko‘rsatish klassini mukofot tariqasida oshirish yoki boshqa mukofotli xizmatlarni taqdim etish ishtirokchining hisobida zarur miqdordagi faol ballar soni mavjud bo‘lgan taqdirda, AJ veb-saytida (uzairways.com), “Uzbekistan Airways Sales” AJ Filialida, O‘zbekiston Respublikasining aeroport kassalarida, xorijdagi AJ  Vakolatxonalarida amalga oshiriladi.

Hisobdagi sovrinli ballar yetarli bo‘lmagan taqdirda, har bir dastur ishtirokchisi mukofot xizmatini olish uchun yetishmayotgan ballarni sotib olishi mumkin.

Ballar 1000 balldan iborat paketlar bo‘yicha sotiladi, har bir paket uchun 30 EUR miqdorida yig‘im ushlab qolinadi. Kalendar yili davomida shaxsiy hisob egasi 50 000 dan ortiq bo‘lmagan (1000 balldan 50 ta paket) sovrinli ballarni sotib olishi mumkin, sovrinli ballarni sotish qiymati 1 ball=0,030 yevro sent bilan belgilanadi.

Xarid qilingan paketlardan hisob egasi mukofotli aviachiptani rasmiylashtirish uchun foydalanishi mumkin.

Sovrinli ballarni sotib olish faqat AO veb-saytida https://www.uzairways.com. onlayn tarzda, oldindan EMD rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi. Ishtirokchi hisobiga sovrinli ballar kiritilganligi to‘g‘risidagi xabarnoma, hisob egasining -ishtirokchining elektron pochta manziliga yuboriladi.

Xarid qilingan ballar qaytarilmaydi, ishtirokchining statusini aniqlash uchun qo‘llanilmaydi.

Xarid qilingan ballarning amal qilish muddati, ballar xarid qilingan sanadan boshlab 36 oyni tashkil etadi.

Dasturning individual ishtirokchilari aviakompaniyaning ayrim xizmatlarini (faqat o‘zlarining aviachiptalari uchun) sovrinli ballar bilan haqini to‘lash orqali sotib olish imkoniyatiga egalar.

Individual ishtirokchilar tomonidan sovrinli  ballar orqali qo‘shimcha bagaj me’yorlari haqini to‘lash (faqat o‘zlarining aviachiptalari uchun), faqat AO veb-saytida quyidagi hisoblash  asosida amalga oshiriladi:

Qo‘shimcha bagaj joyi/kg uchun e’lon qilingan stavka (EUR) = Ballar soni

0,01

Bu yerda  - 0,01 - mukofot ballining qiymati.

Masalan: Yo‘lovchi talab qilgan yo‘nalishda me’yordan ortiq bagajning 1 – joyi uchun stavka 45 EUR ni tashkil qiladi. 45:0,01= 4500 ballar. Ushbu hisobga ko‘ra, me’yordan ortiq bagaj joyining haqini to‘lash uchun ishtirokchiga 4500 ball kerak bo‘ladi.

Agar me’yordan ortiq bagaj haqini to‘lash uchun qo‘llanilgan stavka yevrodan farqli boshqa valyutada e’lon qilingan bo‘lsa, u holda bunday tarif miqdori me’yordan ortiq bagaj uchun EMD rasmiylashtirilgan kunning (PSS tizimida) amaldagi kursi bo‘yicha Yevroda qayta hisoblanishi kerak.

“Uzbekistan Airways”AJ mukofot chiptalarini rasmiylashtirishda, foydalanish uchun taqdim etiladigan mukofot ballarining sonini bir tomonlama tartibda o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Aviakompaniya parvozlarni amalga oshirishning yangi yo‘nalishlarini ochganda, mukofot ballarining bazaviy soni A-ilovasida belgilangan kilometr va parvoz zonalari asosida hisoblanadi.