Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

28-dekabrdan Turkiyaga tashrif buyurayotgan fuqarolar uchun yangilangan talablar kuchga kirmoqda

2020 26 Dekabr
631
Ulashing

Turkiyaga parvozlarni rejalashtirayotgan yoʻlovchilar uchun muhim maʼlumot!

Hurmatli yoʻlovchilar!

1. Turkiya Sogʻliqni saqlash Vazirligi chet eldan Turkiyaga tashrif buyurayotgan aviayoʻlovchilar 28-dekabrdan boshlab, COVID-19 uchun PZR SARS-COV-2 usuli bilan, Turkiya chegarasini kesib oʻtishdan  kamida 72 soat oldin topshirilgan test natijalari maʼlumotnomasini majburiy ravishda taqdim etishlari lozimligini eʼlon qildi.
 
2. PZR SARS-COV-2ga manfiy natijali PZR-testni taqdim etmagan yoʻlovchilar, chegarani kesib oʻtishda koʻrsatilgan (uy, mehmonxona va boshqa) manzil boʻyicha 7 kunlik karantinga olinadi. Turkiyadagi yashash manzilini koʻrsatmagan shaxslar,  Turkiya sogʻliqni saqlash Vazirligi tomonidan ajratilgan joylarga joylashtiriladi.

3. 7 kunlik karantindan soʻng  SARS-COV-2ga PZR-testi musbat natija bergan  yoʻlovchilar Turkiya Sogʻliqni saqlash Vazirligining COVID-19 amaldagi talablari asosida davolanadilar.

4. Mazkur choralar 2021-yilning 1-martiga qadar amal qilladi.

https://mfa.uz/ru/press/news/2020/vnimaniyu-grazhdan-uzbekistana-planiruyuschih-posetit-turciyu---29044

PDF-ni yuklab oling