Aksiyamiz davom etmoqda!
2025-yil 23-oktabrgacha Toshkent – Kuala-Lumpur – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarning ekonom klassida oshirilgan bagaj tashish me’yori amal qiladi. Avvalgi 23 kg o‘rniga, siz o‘zingiz bilan 30 kg gacha yuk olishingiz mumkin. Toshkent – Kuala-Lumpur – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar chorshanba va yakshanba kunlari, ortga qaytuvchi aviaqatnovlar esa ertasi kuni amalga oshiriladi.