Uzbekistan Airways ishtirok etayotgan navbatdagi ko‘rgazma 27-29 mart kunlari Minskda o‘tkazilmoqda!

"ОТДЫХ-2025" – Belarusning "Turizm va dam olish" yo‘nalishidagi eng yirik sayyohlik ko‘rgazmasidir. Tadbir doirasida aviakompaniya vakillari turizm sohasi mutaxassislari bilan O‘zbekistonga guruhli sayohatlarni tashkil etish bo‘yicha ishbilarmonlik muzokaralarini olib bormoqdalar.

Ko‘rgazma mehmonlari shuningdek, respublikamizning madaniy-tarixiy xususiyatlari bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.


