Hurmatli Uzbekistan Airways aviakompaniyasi yo'lovchilari!
Avval xabar berganimizdek, bizga har kuni bekor qilingan qatnovlarga bo'lgan aviachiptalarni qaytarish va qayta bronlash masalasida ko'plab arizalar tushmoqda.
Sizga shuni ma'lum qilamizki, bekor qilingan qatnovlarga bo'lgan aviachiptalarni qaytarish va pul mablag'larini to'lash murojaatlar kelib tushishi bilan navbat tartibida amalga oshiriladi.
Eslatib o'tamiz, chiptalarni qaytarish yoki ularni cheklovlar bekor qilinganidan so'ng amalga oshiriladigan aviakompaniyamizning qatnovlariga qayta bronlash jarimalar va sanktsiyalarsiz amalga oshiriladi.
Shuningdek, sizning e'tiboringizni aviachipta bir yil davomida amal qilishiga qaratamiz.
Sabr-toqat va tushunishingiz uchun tashakkur.