«Uzbekistan Airways» AJning elektron vaucherini faqat aviachipta xarid qilingan mamlakatda yoki aviachipta sotib olingan joyda rasmiylashtirish mumkin. Aviachiptalarning foydalanilmagan qiymatini qaytarish, qaytarilmaydigan chiptalardan tashqari, aviachipta xarid qilingan mamlakat, sotib olingan joydan, vaucher roʻyxatdan oʻtgan sanadan boshlab bir yil mobaynida yoʻlovchining plastik kartasiga, toʻlagan valyutasida (naqd yoki karta) qaytariladi.
Agar yo‘lovchi uzairways.com rasmiy saytida aviachiptani xarid qilgan boʻlsa, bunday vaziyatda ushbu havolaga oʻtib aviachiptalar narxini qaytarish uchun anketani to‘ldirish talab etiladi: https://book.uzairways.com/ru/page/return_form_uzs/?old=1
Shuningdek, yo‘lovchi aviakompaniya agenti yoki faqatgina aviachiptani dastlabki xarid qilgan mamlakatdagi vakolatxonasiga murojaat qilishi mumkin. Vakolatxonalar va agentlarning toʻliq roʻyxatini koʻrish uchun ushbu havolaga oʻting: https://www.uzairways.com/ru/vyplata-sredstv-po-depozitnym-vaucheram.
Batafsil ma’lumot uchun kechayu-kunduz faoliyat koʻrsatuvchi aloqa markaziga (+998 78 140 02 00) murojaat qiling.
Telegram: t.me/uzbekistanairways