Hurmatli yo‘lovchilar!
Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha maxsus Respublika komissiyasining qaroriga binoan, COVID-19 infeksiyasi yangi shtammining aniqlanganligini inobatga olgan holda, "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi 2020-yil 28-dekabr va 2021-yil 7-yanvar kunlari Frankfurtga parvozlar bekor qilinganligini xabar qiladi.
Shu bilan birga, so‘nggi 14 kun davomida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya mamlakatlari va Janubiy Afrika Respublikasida bo‘lgan va uchinchi davlatlar orqali O‘zbekistonga kirib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 14 kun davomida o‘z hisobidan tegishli mehmonxonada karantinga olinadi.
https://mintrans.uz/uz/news/respublika-mahsus-komissiyasining-bayonoti
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Batafsil ma’lumotni +998781400200 telefon raqami orqali aviakompaniyaning Yagona aloqa markazidan olish mumkin.